Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127
 
 
9.2.Toklarni kesish muddatlari, texnikasi va usullari 
Tokning hayotida yoshining uchta asosiy: vegetativ massa to„planishi, to„liq 
hosil berishi va hayot faoliyatining asta-sekin so„nish davri bor. Shu davrlaga muvofiq 
ravishda tok kesishning vazifalari ham o„zgaradi. Masalan, Yoshlik davrida tok tupini 
tashkil qilish uchun kesiladi, hosil berish davrida yuqori va sifatli hosil olish uchun 
kesiladi va tabiiy qarish davrida yoshartirish uchun kesiladi. 
O„zbekiston sharoitida ko„miladigan toklar bir yillik novdalari pishib, 
ko„mishdan oldin kuzda kesiladi, ko„milmaydigan toklar esa erta bahorda shira 
harakati boshlanishidan oldin kesiladi. 
Turli navlarning hosil berishdagi xususiyatlarini, Shuningdek joyning tabiiy 
sharoitini va agrotexnika darajasini hisobga olib, novdalar kalta, o„rtacha uzun va 
uzun kesiladi. Kalta kesishda 2-4 tagacha, o„rtacha kesishda 8-10 ta, uzun kesishda 
esa 15-20 tagacha kurtak qoldiriladi. 
Kesish uzunligini belgilashda tupdagi kurtaklarning umumiy soni, Shuningdek 
tokdan olinadigan va mo„ljallangan hosil hisobga olinadi. 
Tuplarning kurtak yuki deganda kesishda tup va gektar hisobiga qoldiriladigan 
kurtaklarning umumiy soni, novda yuki deganda ortiqcha yashil (xom) novdalar olib 
tashlangandan keyin tup va gektar hisobiga qoldirilgan novdalarning o„rtacha soni 
tushuniladi. Kesish vaqtida kurtaklar va yulib tashlashda meva beradigan novdalar 
qancha ko„p qoldirilsa uzumdan shuncha ko„p hosil olishga katta imkoniyat tug„iladi. 
Tupdagi novdalarni kalta va uzun kesib, tup va gektar hisobiga aniq miqdorda 
kurtak qoldirish mumkin, ya‟ni kalta kesilganda novdalar ko„p, uzun kesilganda esa 
kam qoldiriladi. Ammo, O„zbekiston sharoitida tuplarga katta va yirik o„lchamlarda 
shakl berilganda, novdalarni faqat uzun va o„rtacha kesib bunday yukka yerishish 
mumkin. Faqat o„rinbosar butoqlargina kalta kesiladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin