Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


-jadval 1 gektar yerga vertikal simbag„az barpo qilish uchun



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127
 10-jadval
1 gektar yerga vertikal simbag„az barpo qilish uchun
sarflanadigan material xarajatlar 
 
Ko„rsatkichlar 
Oddiy vertikal 
simbag„az 
50 ga tokzor uchun talab 
etiladigan xarajatlar 
Qatorlar orasidagi masofa, metr 
2,5 
Qatorlar soni 
40 
Chetki ustunlar soni 
80 
1 qator uchun oraliq ustunlar soni 
11 
Jami oraliq ustunlar 
440 
Tortilgan sim qatori 

Jami sim uzunligi, ming/m 
13,2 
O„rtangi ustunlar uchun xalqalar 
soni 
1200 
YAkor tayanchlar soni 
80 


85 
9. TOKLARNI KESISH, XOMTOK QILISH 
VA BOG„LASH 
 
9.1.Toklarni kesishni ahamiyati va vazifalari 
 
Tayanch iboralar - Toklarni kesish, kurtak qoldirish, tokni parvarish qilish, 
toklarni ko„mish, novdalarni bog„lash, homtok qilish, tokdagi qutblilik, novdalarni 
kalta kesish, meva novdalarini gorizontal holda bog„lash, novdalarni yoy holida 
egish, o„rinbosar butoqlar hosil qilish,
Toklarni kesish asosiy agrotexnika tadbirlaridan bo„lib, har yili o„tkazilishi kerak. 
Tok o„tqazilgandan keyingi dastlabki yillarda bir yillik novdalar kesib, muayyan 
tup uchun qabul qilingan shakl hosil qilinadi, so„ngra keyingi yillarda, bir yillik 
novdalarni kesib tashlab va qisqartirib, Shuningdek keraksiz ko„p yillik shoxlarni 
kesib tashlab, bu shakl tok tupining butun hayoti davomida saqlanadi. Kesish tok 
tupining yer ustki qismi bilan uning ildiz tizimi o„rtasida to„g„ri nisbat bo„lishiga 
yerishiladi. Kesishda tok tupida ma‟lum miqdorda kurtak qoldirib, hosil berishi va 
o„sish darajasi tartibga solinadi. Tokni kesish - tokni parvarish qilishni, ko„mish, 
bog„lash, xomtok qilish va hokazolarni osonlashtiradi, Shuningdek hosildorlikni 
kamaytirmagan holda uni asta-sekin yoshartirish imkonini beradi. Bundan tashqari tok 
kesish tokdagi qutblikka qarshi kurash, tokning vegetativ va generativ qismlarining 
o„sish kuchini tartibga solishga hamda vegetativ organlari va hosil beruvchi 
organlarning ma‟lum oraliqda yoyilishi hamda joylashishiga yordam beradi. 
Tokdagi qutblilik tupning yuqori qismlarida joylashgan qismlarning kuchli 
o„sishga intilishida namoyon bo„ladi. Tokdagi qutblilikka qarshi kurashning bir 
qancha: novdalarni kalta kesish, meva novdalarini gorizontal holda bog„lash yoki 
ularni yoy holida egish, o„rinbosar bo„toqlar hosil qilish va burchak hamda yashirin 
kurtaklarning rivojlanishini tezlashtirish kabi usullari mavjud. 
Hosil berish uchun novdalarni kalta qoldirib kesish eng qadimgi oddiy usuldir. 
U tok tuplariga kamroq kurtak qoldirib shakl berishda va tok issiqxonalarda 
o„stirilganda qo„llaniladi. 
Toklarda qutblikka qarshi kurashning eng samarali usuli ularni o„rinbosar 
bo„toq qoldirib kesish hisoblanadi. Ular kalta (ikki-uchta kurtak qoldirib) kesiladi va 
meva novdasidan pastda qoldiriladi hamda ular bilan birga hosil beruvchi madangli 
zang hosil qilinadi. 
Tokdagi qutblikka qarshi kurashning to„rtinchi usuli uzun qari zanglar asosidagi 
yashirin kurtaklarning rivojlanishini tezlashtirishdan iborat. 


86 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin