Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tog„ oldi hududlarda tok o„stirish



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127
 
10.2.Tog„ oldi hududlarda tok o„stirish 
Tog„ oldi hududlarining unchalik qiya bo„lmagan va Yozda ham yeri nisbatan 
nam bo„lib turadigan joylar tokzor barpo qilish uchun yaroqlidir.
Uzum barvaqtroq pishib, g„ujumida qand moddasi ko„p bo„lishi uchun tok 
balandroq zonaning janubiy qiyaliklariga ekilishi kerak. 
Yog„in suvlaridan (sellardan) yaxshiroq foydalanish uchun, tok qatorlari 
qiyalikka ko„ndalang joylashishi lozim. Tok ekiladigan joyning qiyaligi 5-10 


97 
gradus bo„lsa, tok qatorlari qiyalikka ko„ndalang qilib ekiladi, agar qiyalik 10 
gradusdan ortiq bo„lsa, bu joy avval zina shaklida tekislanadi.
Tokzor barpo qilinadigan maydon avval yaxshilab ishlangan bo„lishi zarur. 
Yer qanchalik chuqur haydalsa Sernamroq bo„lib, tok ko„chatlarining yaxshiroq 
tutib, kuchli o„sishini ta‟minlaydi.
Tog„ oldi hududlarida har gektarga qancha tupdan tok ko„chati o„tkazish 
tokning naviga, tuproq va iqlim sharoitiga qarab hal etiladi. Bunda tok qator 
orasini 2,5-3 m, qatordagi tup orasini 1,5-3 m qilish maqsadga muvofiq bo„ladi. 
Tokzor yeri ko„klam va yoz mavsumlarida o„tlardan toza va yumshoq holda 
saqlanishi lozim. Kuzda tok qator oralari 25-30 sm chuqurlikda haydalib, tok 
tuplari ustiga palaxsa ag„darish bilan tok tuproqqa ko„miladi.
Tok qishda ko„milmaydigan joylarda qator oralarini kuzda haydashda 
palaxsa ichkariga (qator oralig„iga) ag„dariladi. Ko„klamda tok qator oralarini 
haydash bilan birga tok tuplari ochiladi hamda qatordagi tup oralari ketmonda 
chopib chiqiladi. Ko„klamda yog„inlarning asosiy qismi yog„ib bo„lgandan keyin 
tok qator oralari chizel-kultivatorda 25-30 sm chuqurlikda yumshatiladi va borona 
bostiriladi. Yozda tokzorda qilinadigan asosiy ish o„tlarni yo„q qilib, yerni 
yumshatib turishdan iborat bo„ladi. Buning uchun tokzor yoki Yoz bo„yi 5-10 sm 
chuqurlikda 4-5 marta kultivatsiya qilinib va qatordagi tup oralari chopilib turiladi.
Tog„li joylarda tokzordan mo„l hosil olish uchun yer namini yaxshilash katta 
ahamiyatga ega. Buning uchun tokzor yerini o„z vaqtida yaxshilab ishlab turishdan 
tashqari yoqqan qorlarni o„z joyida ushlab qolish hamda qor va yomg„ir suvlarini 
tokzorda to„xtatib qolish choralarini ko„rish juda muhimdir.
Tajribalar ma‟lumotlariga qaraganda, tokning hosilsiz ortiqcha novdalarni 
olib tashlab turish, Yoz bo„yi uch marta xomtok qilish (qo„ltiq novdalarni olib 
tashlab, chekanka qilish) qolgan novdalarning bo„yini 25% uzayishiga va pishgan 
novdalar uzunligini 38% oshishiga olib keldi.
Ko„chat o„tqazilgandan keyin ikkinchi yili oxirida har tup tokda 
qoldiriladigan novdadagi kurtaklarning umumiy miqdori 30-40 tadan oshirilmaydi, 
shunday qilinganda hamda uchinchi yili tokzor yaxshi ishlanib borilganda 
gektaridan 30-40 s dan hosil olish mumkin bo„ladi.
Tokzorlarda gektariga 100 kg azot, 100 kg fosfor va 30 kg kaliy hisobidan 
mineral o„g„it solinadi. Har 3-4 yilda bir marta kuzgi haydash oldidan gektariga 
30-40 t hisobidan organik o„g„it solib turiladi.
Tog„li hududlarda tokzor barpo etishda tokzor qilinadigan maydon, lalmi 
yerlarda yaxshi o„sadigan tok navlari to„g„ri tanlanganda hamda bu toklar ilg„or 
agrotexnika usulida parvarish qilinganda ekilgan toklar bexato ko„karadi, novdalari 
yaxshi o„sib mo„l hosil beradi.


98 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin