95
tavsiya etiladi. Shu sharoitda kuchli, dessyert va xo„raki vino tayyorlanadigan
uzum navlarini masalan Qora vassarg„a, Baxtiyoriy, Rkatsiteli,
Bayan Shirey,
Kabyerne kabi uzum navlarini ekish ham mumkin. Bu hududlarda xo„raki
navlardan Nimrang, Pushti Toyfi, Daroi, Xaliliy kabilarni ham eksa bo„ladi.
Baland tog„li hududlarda (1500 m dan baland) issiqlik uncha yetishmaydi,
Shuning uchun bu yerlarga ertagi xo„raki uzum navlari hamda vinobop uzum
navlari ekilishi kerak.
Tokning o„sishi uchun zarur bo„lgan sharoitdan yana biri unga suvning etarli
bo„lishidir. Tok qurg„oqchilikka chidamli o„simlik bo„lishidan qat‟iy nazar, uning
hosili tokning suv bilan qanchalik ta‟minlanishiga qarab keskin o„zgaradi. Suv
bilan har xil ravishda ta‟minlangan lalmikorliklardagi toklarning o„sishi va hosil
berishi ustidan o„tkazilgan kuzatishlar shuni ko„rsatadiki yillik yog„in miqdori 450
mm dan ortiq bo„lgan hududlardagina tokdan yaxshi hosil olish mumkin ekan.
Tokning issiqlik va nam bilan ta‟minlanishiga joyning mikro sharoiti katta
ta‟sir ko„rsatadi, bu sharoit esa joyning dengiz sathidan
qanchalik balandligiga,
qiyalikning qanchalik tik va qay tomonga qaraganligiga hamda bu joylarni tog„
tizmalarining qanchalik panalashiga qarab har xil bo„ladi.
Hamma tomoni tog„ tizmalari bilan o„ralgan pastliklarga ko„pincha sovuq
tushib qolishidan, bu yerlardagi toklar ko„pincha erta ko„klamgi va kuzgi qora
sovuqlardan shikastlanadi. Tog„ vodiylari va tog„ qiyaliklarining quyi qismi nam
bilan yaxshi ta‟minlangan bo„lishidan tashqari bu yerlardagi
qor qatlamlari qalin
bo„lib toklar qishki sovuqlardan yaxshiroq saqlanadi.
O„zbekistonning tog„li va tog„ oldi hududlari tuprog„i ko„pincha asl (tipik)
bo„z tuproq, to„q va och tusli bo„z tuproq hamda qoramtir chimzor tuproq shaklida
bo„ladi.
Dengiz sathidan 1000-1200 m balandlikkacha bo„lgan tepaliklardan iborat
adir (tog„ etagi) yerlarda tipik bo„z tuproqlar bo„lib ustki qatlamida 2,5 % gacha
gumus (chirindi) moddasi bo„ladi, bu tuproqlar mexanik tarkibi jihatdan o„rtacha
va og„ir qumoq tuproqlar jumlasiga kiradi.
Baland tog„li joylarda esa to„q qoramtir bo„z tuproqlar uchrab gumus miqdori
3-4% ga etadi, bu tuproq mexanik tarkibi og„ir qumoq tuproq yoki soz tuproqdan
iborat.
Ma‟lumotlarga ko„ra, tokzor barpo qilishda
eng qulay tuproq va iqlim
sharoiti tog„li va tog„ oldi zonasining dengiz sathidan 1000-2000 m balandlikdagi
qismi qulay bo„lib, yillik yog„in miqdori 450 mm dan ko„proq yog„ingarchiliklar
bo„lishidir.
O„zbekistonning tog„li va tog„ oldi hududlarida tokzor barpo qilish uchun
eng istiqbolli bo„lib, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz,
Samarqand
96
viloyatining Urgut, Samarqand, Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov,
Toshkent viloyatining Ohangaron, Parkent va Chirchiq tumanlari hisoblanadi.
Tok o„sish sharoitiga moslanadigan o„simliklar jumlasiga kiradi. Tokning
kuchli o„sadigan ildizlari yerning chuqur qatlamlariga kirib,
tuproq ancha quruq
bo„lishiga qaramay u yerdan ko„p miqdorda nam olib baquvvat o„sadi va mo„l
hosil beradi. Biroq, bu zonaning tuproq va iqlim sharoiti tokda kechadigan
biologik va fiziologik jarayonlarni o„zgartiradi.
Qish va ko„klam faslida to„planadigan tuproq nami Yoz boshidan boshlab
toki oktyabrdagi dastlabki yog„ingarchiliklar bo„lguncha to„xtovsiz kamaya boradi.
Tuproqda nam mart-aprel, may oyining boshida ko„p bo„ladi, ya‟ni tok ekini
o„sishi uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Uzum g„ujumlari to„lishayotgan,
ayniqsa uzum pishayotgan davrda (iyun oyi oxiri va iyulda) tuproq nami kamayib
ketadi. Iyul-avgust oylarida tuproqning 2 metrlik
chuqur qatlamidagi namlik
ko„pincha o„simlik uchun foydasiz bo„lgan namlik darajasiga tushib qoladi.
Qurg„oqchilik natijasida tokda dastlab o„sish jarayoni to„xtaydi, novdalarning
o„sish nuqtasi qurib qoladi, ya‟ni novda uchlarining o„z-o„zidan chilpish hodisasi
ro„y beradi. Qurg„oqchilik kuchayganda tok bargida juda ko„p qizg„ish dog„lar
paydo bo„ladi, barg sarg„ayib to„kila boshlaydi. Uzum g„ujumlari va uzum boshlari
ko„pincha so„lib va qurib qoladi. Suv yetishmasligi natijasida g„ujumlar
maydalashib, po„sti qalinlashadi. Odatda bunday g„ujumlar achchiq va qattiq
bo„ladi.
Tog„li va tog„oldi xududlarida tokzor uchun joy tanlashda quyidagilarga
e‟tibor etish zarur.
Tokzor barpo qilinadigan maydon 10-15 gektardan kichik bo„lmasligi lozim
hamda kelgusida yanada kengaytirish imkoniyati bo„lishi kerak. Tok
ekish va uni
parvarishlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish mumkin bo„lishi uchun maydon 10
gradusdan ortiq darajada qiya bo„lmasligi, agar qiya bo„lsa, zina-zina shaklida
tekslangan bo„lishi, shu bilan birga bunday tuproq ostidagi tog„ jinsi
yalang„ochlanib qolmasligi zarur.
Dostları ilə paylaş: