88
Toklarni xomtok qilish, qo„ltiq novdalarni yulib tashlash, chilpish,
erta-Yozgi
chekanka, qo„ltiq novdalardan qo„shimcha hosil olish, nodalarni chekanka qilish,
barglarni siyraklashtirish tupning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlardir.
Xomtok qilish-ortiqcha yashil novdalarni olib tashlab, qolgan novdalarni
rivojlanishi, tupning yaxshi yoritilishi, to„pgullarning changlanishi
va meva tugilishi
uchun sharoit yaratishdan iborat.
Xomtokni novdalar 10-15 sm ga etganda boshlash kerak, Chunki shundagina
hosil beradigan va bermaydiganlarini bir-biridan farq qilish mumkin bo„ladi. Birinchi
xomtokni tok gullagunga qadar tugallash kerak. Yashil novdada birinchi jingalakdan
yuqorida, odatda, to„pgul hosil bo„lmaydi. Shuning uchun, birinchi jingalak paydo
bo„lib, unda to„pgul bo„lmasa, hosilsiz novda bo„ladi, uni xomtok qilish va olib
tashlash mumkin. Xomtokni kechiktirib bo„lmaydi, uni novdalar hali yumshoqligida
va ularga oziq moddalar hali ko„p sarflanmaganda o„tkazish lozim.
Tokni pastki qismidan xomtok qila boshlash kerak. Tokning kunda yuqorisidagi
yashirin kurtaklardan yoki ildiz tanasidan o„sib chiqqan yashil novdalarning
noqulay
joylashganlari va yangi zang o„stirish yoki tupni
yoshartirish uchun keraksiz
bo„lganlari olib tashlanadi. Keyin zangdagi novdalar pastdan yuqoriga tomon
tekshirilib, o„rinbosar butoqlar yoki pasaytirish butoqlari yetishtirish uchun ularning
yaxshi joylashganlari qoldiriladi.
Hosil novdalaridan hosilsiz novdalarni olib tashlashda, tupda ular qanchalik
ko„pligini hisobga olish lozim. Mahalliy navlardagi hosil bermaydigan novdalarning
hammasini olib tashlamaslik kerak. Tupning ildiz tizimi
bilan yer ustki qismlari
o„rtasidagi nisbatni buzmaslik, kelasi yil mo„l hosilni ta‟minlash va hosildorlikni
oshirish uchun ularni ba‟zilarini qoldirish lozim. Hosil novdasidagi ortiqcha yashil
novdalar, birinchi navbatda, ko„k novdalar hosilsiz, kuchsiz, tumtoq o„sgan, noqulay
joylashgan ba‟zi novdalarni olib tashlash hisobiga xomtok qilinadi. Hosilli novdalarni
odatda siyraklashtirish mumkin emas. O„rinbosar butoqda ikkita novda qoldiriladi;
keraksiz uchinchi-eng pastki va tupning ichkari tomoniga qaragani (qarab o„sayotgani)
olib tashlanadi.
Ko„pchilik vinobop navlarning tupida, odatda, to„pgulli yashil novdalar yetarli
miqdorda bo„ladi, Shuning uchun ularda hosilsiz novdalar kam qoldiriladi. Tupda
novdalar kam bo„lsa, deyarli xomtok qilinmaydi, ba‟zan ko„k
novdalar ham
qoldiriladi.
Tokni kesish va xomtok qilib, yosh tuplarda tana va zang shakllanadi, hosil
beradigan tuplarni esa qo„shimcha kesib va tupdagi novdalarda ma‟lum miqdorda
kurtak qoldirib shakli saqlanadi. Bularni malakali ishchilar bajarishi lozim. Tok
noto„g„ri kesilsa va xomtok qilinsa, uning hosildorligi pasayib ketadi.
89
Novdalarni uchini chilpish (N.P.Buzin usulida) gul va tugunlarni to„kilishini
kamaytirish hamda uzum boshlarini rivojlanishini yaxshilash maqsadida tok
gullashidan oldin yoki endigina gullaganda yashil novdalarining uchi qo„lda 1-2 sm
chilpib tashlanadi. Buning natijasida novdaning uchi vaqtincha (10-14 kun) o„sishdan
to„xtaydi, oziq moddalar esa to„p gullarga boradi. Buning natijasida to„pgullar
miqdori va mevasining vazni ortadi, hosil 20-22% ga va undan ham ko„payadi.
Lekin, novdalarni chilpish qo„ltiq novdalarni qiyg„os
rivojlanishiga sabab
bo„ladi. Shuning uchun albatta ularni hisobga olib, kamaytirish lozim.
Xomtok paytida qo„ltiq novdalardan hosil yetishtirishni F.B.Bashirov,
M.G.Seytlin, R.M.Alibekovlar o„rganib, tavsiya qildilar.
Tok barglarini siyraklashtirish va uni hosildorlikka va boshqa ko„rsatkichlarga
ta‟siri o„rganildi.
Toklar erta bahorda ochilgandan so„ng, vertikal simbag„azlarda o„stirilayotgan
bo„lsa 1-2 chi simlarga «quruq» bog„lanadi, birinchi va ikkinchi xomtok
o„tkazilgandan keyin esa 3-4 chi simlarga bog„lanadi. Bog„lash uchun maxsus
iplardan foydalaniladi, ayniqsa o„simlik tolasidan tayyorlangan iplarni ishlatish
maqsadga muvofiq.
Novdalar asosan «8» shaklida bog„lanadi.
P.P.Blagonravov ko„rsatganidek: vertikal, yotiq,
gorizontal yoy shaklida, halqa
shaklida bog„lanadi.
Dostları ilə paylaş: