147
Shuning uchun, hosilni yig„ib olishni to„g„ri
tashkil qilish, tyerish, saqlash, tashish
ishlarini o„z vaqtida bajarish lozim.
Uzum uzishdan avval, hosil miqdori ikki
marta chamalanib chiqiladi, birinchi
marta-iyunning boshida to„pgul va tugunlarga qarab,
ikkinchi marta-iyulda uzum
boshari va g„ujumlarga qarab aniqlash zarur.
Olinadigan hosil quyidagi usulda aniqlanadi: Maydonda har beshinchi qator,
qatorda esa beshinchi tup belgilanib olinadi va uzum boshlarining soni hisoblab
chiqiladi. Uzum boshlari soni yig„indisining tuplar soniga taksimlash yuli bilan har bir
tupdagi uzum boshlarining o„rtacha vazniga ko„paytirib, xo„jalikda
har bir tupdan
olinadigan hosil aniqlanadi. Har gektardagi va xo„jalikdagi tuplar sonini bilib olib, har
bir gektardan va xo„jalikning hamma maydonidan olinadigan hosil aniqlanadi. Hosil
uchun turlarni aniqlash har bir nav bo„yicha alohida olib boriladi.
Xo„jalikda foydalanishga qarab, har bir navning hosilini yig„ib olish muddatini
to„g„ri belgilash zarur.
SHu yerning o„zida yangiligicha iste‟mol qilish uchun mo„ljallangan uzum to„la,
bir xilda pishgan bo„lishi lozim. G„ujumlari mavjud navga xos bo„lgan o„lchamga va
rangga ega bo„lishi kerak. Shu bilan birga tarkibida shakar ko„p bo„lishi lozim. Uzum
qanchalik yetilib pishsa, uning ta‟mi shuncha yaxshi bo„ladi.
Uzoq masofalarga yuboriladigan uzumni to„liq pishgunga qadar uzib olish kerak.
Agar to„liq etilib pishishga ozgina qolganda uzilsa, u yo„lda pishib etiladi. Uzum
pisha boshlaganidan to„liq pishguncha bo„lgan muddat O„zbekiston sharoitida 15-20
kun belgilanadi.
Vinochilik sanoati uchun uzum uzish muddatlari bu navlardan qanday vinolar
tayyorlanishiga qarab belgilanadi. Spirtsiz vinolar tayyorlanadigan uzumni uzib olish
uchun
erta muddat, avgustning oxiri-sentyabrning boshlari belgilanadi. Yengil
dessyert vinolar ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan uzum sentyabrning birinchi
kunlarida, kuchli va og„ir likyor vinolar uchun esa sentyabrning 20-kunlari va
oktyabrning
birinchi yarmida uzib olinadi, bunda tarkibida shakar eng ko„p bo„lishi
lozim. Vino tayyorlashda qayta ishlash uchun topshiriladigan uzumning tarkibidagi
shakarga ko„ra, O„zbekiston uchun quyidagi konditsiya: 16-19 % dan 22-26 % gacha
belgilangan.
Mayiz qilish va konsentrantlar (uzum suvi, shinni va x.k) olish uchun uzum eng
kech muddatlarda uzib olinadi. Uzum tarkibida shakar miqdori qancha ko„p,
kislotaligi esa past bo„lsa, kishmish va konsentrantlar shuncha ko„p chiqadi. Masalan,
avgustda uzib olingan Oq kishmish quritilganda dastlabki vaznining 16-18 %
miqdorida mayiz olinadi. Sentyabrda uzilganda esa uning tarkibida shakar ko„pligidan
kishmish chiqishi 25-30 % gacha ortadi. Bundan tashqari, yanada kech muddatlarda
uzilganda esa mahsulotning sifati yaxshilanadi.
148
Kishmish navlarni uzib olishda ob-havoning ahvolini hisobga olish lozim. Agar
uzum kech, masalan
oktyabr oyida uzib olinsa, yomg„ir yog„ib qolishi, havo
namligining ortishi va haroratning pasayishi ehtimoli borligi sababli, uning qurishi
qiyinlashadi. Bu holat mayiz qilishni sentyabrning
birinchi kunlaridan boshlab,
oktyabrda tugallashga majbur qiladi. Mayiz solish uchun mo„ljallangan uzumni uzish
muddatlari ham ana shunga qarab belgilanadi.
Mayiz tayyorlanadigan uzumning tarkibidagi shakar miqdori 20-22 % ga etmasa
uzib olmaslik lozim. Oq kishmish navdan konsentratlar ishlab chiqarishda uzum
tarkibidagi shakar miqdori 22 % dan kam bo„lmasligi talab qilinadi.
Eng kechki uzum hosili sovuq kunlar boshlangunga qadar, ya‟ni
oktyabrning
birinchi kunlaridan kechiktirilmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: