12.2. Hosilni yig„ishtirishda ishlatiladigan idishlar va texnikalar Xo„raki va kishmish navlari hosilini uzish uchun 10-12 kg uzum sig„adigan
yumaloq savatlar ishlatiladi, uzum unda ezilmaydi. Vinobop uzum katta hajmli 15-20
kg meva sig„adigan savatlarga, Shuningdek yashiklarga joylanadi.
Uzum uzish va tashish uchun foydalaniladigan idishlar toza va hidsiz bo„lishi
kerak, buning uchun ishdan keyin kunning oxirida u toza suv bilan yaxshilab yuviladi.
Uzum uzishda oqlanmagan va sirlanmagan metall idishlardan foydalanishga yo„l
qo„ymaslik kerak, Chunki idishga uzumdan oqqan shiraning kislotasi tunukaga ta‟sir
etadi, mevani qoraytirib, tez buzadi. Xo„jalikda bo„lgan va ilgari ishlatilgan yog„och
idishlar fumigatsiya qilinishi lozim.
12.3. Hosilni yig„ish tartibi, qoidalari va muddatlari Har qaysi navning hosili alohida uziladi. Har kuni ma‟lum bir navning hosili
uziladi. Agar biror nav kam bo„lsa, bunda uzum uzish uchun kichik zveno ajratiladi.
Foydalanish maqsadiga qarab uzum uzish texnikasi har xil bo„ladi. Agar uzum
vino yoki sharbat tayyorlash uchun ishlatilsa, uni tuplardan bemalol oddiy va keng,
uzun savatlarga uzish mumkin. Ho„l iste‟mol qilish va mayiz tayyorlash uchun
uzilgan uzumlar asosan extiyotkorlik bilan tashilishi kerak. Agar vino va sharbat
tayyorlanadigan bo„lsa, ularni maxsus mashina yoki «qayiqcha»larga joylashtirilib
qayta ishlash korxonalariga jo„natish mumkin. Faqat mashina idishlarining usti oziq-
ovqat laki bilan surkalgan bo„lishi kerak.
Har bir qatorning o„rtasidan uzum uzish boshlanadi. Uzum uzishda har doim
uzum boshlari tok qaychi yoki oddiy qaychidan (yaxshi nikellangan, o„tkir)
foydalanib, kesiladi. Kesishda uzum boshi shunday ushlanadiki, bunda hamma
g„ujumlar saqlanib qolishi kerak. Kasallangan va zararkunandalar bilan zararlangan
149
uzum boshlari va g„ujumlar alohida idishga joylanadi. Loy va chang bilan ifloslangan
uzum boshlari ham alohida joylanadi va h.k.