144
o„sadi, hosildorligi yuqori. Yerda nam yuqori bo„lishini talab qiladi. G„ujumlari
o„ta pishib ketganda so„linqirab qoladi. Qandligi 25-30%. Sovuqqa va ka-
salliklarga o„rtacha chidamli. Bu navning uzumidan Aleatiko nomli to„q yoqut
rangli, nozik ta‟mli, kuchli yoqimli muskat hidli ajoyib vino, Shuningdek, desyert
va o„rtacha shirin vinolar tayyorlanadi.
Alegote.
Bu nav Fransiyadan kelib chiqqan. Uzum boshlari o„rtacha
katta
(140-175g), silindr–konussimon shaklida, ba‟zan qanotchalari tekis,
shakli
o„zgargan g„ujumlari o„rtacha yirik, yumaloq yashilroq oq, jigarrang mayda
nuqtalari bilan qoplangan. Po„sti yupqa, seret, syersuv, ta‟mi oddiy, shirrasi (suvi)
rangsiz avgustning ikkinchi yarmida pishadi. Sentyabrda g„ujumlarning qandliligi
25 % ga, kislotaligi 8-g/l ga etadi. Tupi o„rtacha yoki kuchli o„sadi.
Hosildorligi
yuqori. Hosil beradigan novdalari yashirin va qishlovchi kurtaklardan rivojlanadi.
Tog„ etagi xududlaridagi bahorikorlikda yaxshi o„sadi va hosil beradi. Yerda nam
juda ko„p bo„lsa, uzum boshlari chirib ketadi, sovuqqa chidamliligi o„rtachadan
yuqori bo„ladi. Nisbatan zamburug„ kasalliklariga chidamli. Bu nav xo„raki
vinolar, shampan va kon‟yak materiallari tayyorlash uchun tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: