Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Pushti kishmish.
Bu nav Armanistondan keltirilgan. Uzum boshlari katta
silindrsimon, qanotchali, vazni 300 g, ayrim uzum boshlarini 1,5 kg ga etadi. 
Avgustning oxirida pishadi. Tupi kuchli o„sadi. Sovuqqa chidamsiz, bahorgi qora 
sovuqlardan zararlanadi. Namsevar. Oidiumdan kam zararlanadi. G„ujumlarining 
kandliligi 24,5 – 27%, kislotaliligi 5,2 – 6,4 g/l bo„ladi. Mayiz olinadi va xo„raki 
nav sifatida ishlatiladi, tashishga chidamli. 
Qora kishmish (SHivilg„oniy).
G„ujumi urug„siz keng tarqalgan nav. 
Bargining yuqori yuzasi mayin, har bir yaprog„ining chetlari yuqoriga qayriladi. 
Uzum boshlari konussimon, ba‟zan qanotchali. O„rtacha tig„iz va siyrak, vazni 180 
gr dan 250 – 300 gr gacha bo„ladi. G„ujumlari ovalsimon yoki tuxumsion shaklda, 
uchi tumtoq, qora rangda yupqa po„stli bo„ladi. Seret, syersuv, biroz 
karsillaydigan, oddiy ta‟mli. Avgustning yarmida pishadi. Tupi kuchli o„sadi, 
hosildorligi yuqori bo„ladi. Hosil beradigan qo„ltiq novdalar chiqaradi. Sovuqqa 
chidamsiz, nisbatan qurg„oqchilikka chidamli. Oidium va syerkosporiozdan 
zararlanadi. Pishganda g„ujumlarining qandliligi 20 –24 % ga kislotaliligi 4,5 – 5,5 
l/g ga etadi. Sifatli mayiz (kishmish) tayyorlanadi va yangiligicha yeyiladi.
Uzum boshlari va g„ujumlari ancha yirik bir vaqtda pishganda g„ujumlariga 
tez va bir tekisda rang kirishi bilan farq qiladigan yirik mevali kloni (M.G.Seytlin 
bo„yicha) uchraydi. 
Qora janjal.
Bu xalq seleksiyasi yo„li bilan yaratilgan juda kimmatli xo„raki 
- mayizbop nav. Tupi kuchli o„sadi. Yosh barglari sarik rangda, tuksiz, yaltiroq; 
normal rivojlangan barglari esa to„q yashil rangda bo„ladi. Uzum boshlari keng 
konussimon shaklda, o„rtacha tig„iz, vazni 300 gr, ayrim uzum boshlari 1 kg gacha 
yetadi. G„ujumlari yirik, qalin mumsimon g„uborli, to„q qora rangda, syersuv 
karsillaydigan xushta‟m bo„ladi. Po„sti yupqa, pishiq sentyabrning boshlarida 
pishadi. G„ujumlarining qandliligi 23 – 25 %, kislotaliligi 4-5 g/l bo„ladi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin