139
Nimrang
Oktyabr
Pushti toyifi
Kechki VIR
8– amaliy mashg„ulot. Mayizbop uzum navlari va ularning ta‟rifi
Ishning maqsadi
.
Talabalarni uzumning mahalliy navlaridan bo„lgan
kishmish navlari bilan tanishtirish.
Materiallar va jihozlar:
1. A.A.Ribakov va boshqalar. “O„zbekiston uzumchiligi”. Toshkent, 1969.
2. Sh.Temurov. «Uzumchilik». Toshkent, 2002 yil.
3. Г.С.Морозова. Виноградарство с основами ампелографии (практический
курс). Москва, 1978 г. .
4. Ампелография Узбекистана, Т., 1989.
5. Uzum navlari tasvirlangan jadvallar, rangli, tasvirlar konsyervalar, amaliy
mashg„ulot topshiriqlari.
Asosiy tushunchalar.
Uzumning mahalliy navlari asosan xo„raki va
kishmish navlardan iborat. Kishmish navlarining
uzum boshlari oq yoki qora
rangli, ko„p miqdorda urug„siz, g„ujumi katta bo„ladi. Bu navlar pishganda juda
ko„p shakar to„playdi. Samarqand viloyatida o„stiriladigan Oq kishmish eng yaxshi
nav hisoblanadi. Quritish uchun faqat
kishmish navlarigina emas, balki yuqori si-
fatli mayiz beradigan (Germiyon, Avloniy), ba‟zi mahalliy xo„raki navlardan
(Sultoniy, Kattaqo„rg„on, Nimrang, Jo„ra uzum) ham foydalaniladi. Urug„li mayiz
uzoqqa tashilganda va saqlanganda buzilmaydi.
Oq kishmish.
Yaproqlarining cheti yuqoriga qayrilgan bargli bo„ladi. Uzum
boshi o„rtacha kattalikda (225 gr), silindrsimon, qanotchali, tig„iz bo„ladi. Urug„siz
nav avgustning oxirida to„liq pishib etiladi. Tupi kuchli o„sadi. Hosildorligi yuqori
bo„ladi. Qurg„oqchilikka
nisbatan chidamli, sovuqqa chidamsiz,
oidium va tok
bargi o„rovchisidan kuchli zararlanadi. G„ujumlarining qandliligi 25 – 26 %,
kislotaliligi 4 – 4,5 l/g bo„ladi. Yuqori sifatli mayiz tayyorlash uchun va xo„raki
nav sifatida ishlatiladi.
Oq kishmishning quyidagi yagona klonlari uchraydi: yirik g„ujumli,
kishmish g„ujumlari ancha yirik, tig„iz va karsillaydigan
etli juda qimmatli nav;
mayda g„ujumli kishmish siyrak uzum boshli, g„ujumlarining ko„pchiligi
mayda
140
bo„ladi. Yumaloq g„ujumli kishmish – uzum boshlari siyrak, chuziq, g„ujumlari
yumaloq mayda bo„lib, kam qimmatli nav.
Dostları ilə paylaş: