Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


 Hosilni yig„ishtirishda ishlatiladigan idishlar va texnikalar



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127
12.2. Hosilni yig„ishtirishda ishlatiladigan idishlar va texnikalar 
Xo„raki va kishmish navlari hosilini uzish uchun 10-12 kg uzum sig„adigan 
yumaloq savatlar ishlatiladi, uzum unda ezilmaydi. Vinobop uzum katta hajmli 15-20 
kg meva sig„adigan savatlarga, Shuningdek yashiklarga joylanadi. 
 
Uzum uzish va tashish uchun foydalaniladigan idishlar toza va hidsiz bo„lishi 
kerak, buning uchun ishdan keyin kunning oxirida u toza suv bilan yaxshilab yuviladi. 
Uzum uzishda oqlanmagan va sirlanmagan metall idishlardan foydalanishga yo„l 
qo„ymaslik kerak, Chunki idishga uzumdan oqqan shiraning kislotasi tunukaga ta‟sir 
etadi, mevani qoraytirib, tez buzadi. Xo„jalikda bo„lgan va ilgari ishlatilgan yog„och 
idishlar fumigatsiya qilinishi lozim.
12.3. Hosilni yig„ish tartibi, qoidalari va muddatlari 
Har qaysi navning hosili alohida uziladi. Har kuni ma‟lum bir navning hosili 
uziladi. Agar biror nav kam bo„lsa, bunda uzum uzish uchun kichik zveno ajratiladi.
Foydalanish maqsadiga qarab uzum uzish texnikasi har xil bo„ladi. Agar uzum 
vino yoki sharbat tayyorlash uchun ishlatilsa, uni tuplardan bemalol oddiy va keng
uzun savatlarga uzish mumkin. Ho„l iste‟mol qilish va mayiz tayyorlash uchun 
uzilgan uzumlar asosan extiyotkorlik bilan tashilishi kerak. Agar vino va sharbat 
tayyorlanadigan bo„lsa, ularni maxsus mashina yoki «qayiqcha»larga joylashtirilib 
qayta ishlash korxonalariga jo„natish mumkin. Faqat mashina idishlarining usti oziq-
ovqat laki bilan surkalgan bo„lishi kerak. 
Har bir qatorning o„rtasidan uzum uzish boshlanadi. Uzum uzishda har doim 
uzum boshlari tok qaychi yoki oddiy qaychidan (yaxshi nikellangan, o„tkir) 
foydalanib, kesiladi. Kesishda uzum boshi shunday ushlanadiki, bunda hamma 
g„ujumlar saqlanib qolishi kerak. Kasallangan va zararkunandalar bilan zararlangan 


149 
uzum boshlari va g„ujumlar alohida idishga joylanadi. Loy va chang bilan ifloslangan 
uzum boshlari ham alohida joylanadi va h.k. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin