Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Uzum hosilini saqlash va qayta ishlash



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127
12.4.Uzum hosilini saqlash va qayta ishlash 
Saqlashga qo„yiladigan uzum boshlari albatta saralanishi kerak, shikastlangan, 
ezilgan, kasallangan uzum mevalari qaychi yordamida kesilib, tozalanib, saqlashga 
joylashtiriladi.
Uzum saqlashni bir qancha usullari bor. Ularning eng yaxshisi harorati –0,5° dan 
1° gacha havosining namligi 85-90% bo„lgan maxsus binolarda (may oyigacha) ochiq 
yoki yopiq yashiklarda saqlashdir. Binoga qo„yishdan avval yashiklar oltingugurt 
bilan ho„llanadi, so„ngra bu ish 0,2% konsentratsiyali gaz bilan har 10 kunda 
takrorlanadi. 
Saqlashga eng qulay bo„lgan navlar - Pushti toyfi, Oktyabr, Nimrang 
hisoblanadi. Bu navlarning uzumi sentyabrning oxiri, oktyabrning boshlarida tok 
qaychi bilan kesiladi va ehtiyotkorlik bilan saqlanadigan joyga keltiriladi. Quruq, 
toza, yaxshi shamollatilgan bino dezinfeksiya (zararsizlantirish) qilinadi, uzum 
boshlarini osib qo„yish uchun tokchalar o„rnatiladi. Uzum boshlari yaxshilab ko„zdan 
kechiriladi, kasallangan va mexanik shikastlangan donalar olib tashlanadi, so„ngra 
uzum boshlari kanop iplar bilan tokchalarga osiladi. Shundan so„ng dyeraza, eshiklar 
yopiladi va bino oltingugurt bilan dudlanadi, bu ish har 10 kunda takrorlanadi. 
Bunday sharoitda uzum martning oxiri-aprelning boshlarigacha saqlanadi. 
Uzum novda bandlari bilan ham saqlanadi. Buning uchun uzum boshlari bir 
qism novda bilan kesib olinadi va suvli idishga solib qo„yiladi. Novdaning pastki uchi 
suvda ekanligida tok qaychi bilan kesib, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi. Binoning 
ichi oltingugurt bilan dezinfeksiyalanadi va doim shamollatib turiladi, bunda harorat 
5-7C° va havoning namligi 80-90% saqlanadi. Uzum boshlari hech qayerga 
tegmasdan yerkin osilib turilishi kerak. Bunday holda uzum 6-7 oy davomida 
saqlanishi, uzoq vaqtgacha yangiligicha turishi mumkin. Bu usul ko„pchilik 
xo„jaliklarda qo„llaniladi. 
Uzum tok tupidan uzib olinmasdan ham saqlanishi mumkin. Buning uchun tup 
yaqiniga chuqur kovlanadi, unga uzum boshlari bo„lgan zang tushiriladi, uning ustiga 
ishkom qilinadi. 
Hozirgi vaqtda maxsus sovutgichlari bo„lgan xonalarda esa uzumni uzoq vaqt, 
o„zgarmagan holda saqlash mumkin.
Uzum hosilini xo„jalaik sharoitida turli xil usullarda quritish mumkin. O„rtacha 
mayiz chiqishi, kishmish navlar uchun 25 % ni tashkil qiladi. Mayiz tayyorlashda 
quyidagi usullar qo„llaniladi: 
Bedona - to„g„ri havoda quritiladi; 


150 
Soyaki - soyada quritiladi 
Sabza quritish - kuchsiz qaynoq ishqorga botirilib, so„ngra oftobda quritiladi; 
Tilla rang sabza - kuchsiz ishqorga botirilib, sulfat angidrid bilan dudlanib, 
soyada quritiladi; 
Germiyon mayizi - danakli uzum mevalaridan qaynoq ishqorga botirilib, 
oltingugurt bilan dudlanib oftobda quritiladi; 
Avloniy mayizi - har xil nav aralashmalaridan oftobda quritilgan mayiz, lekin 
sifati a‟lo bo„lmaydi. 
Umuman mayizning sifatiga e‟tibor berilganda-iflosligi, puchlar 0,5% dan, 
mayda mayiz aralashmalari -10% dan oshmasligi kerak. 
Xo„jaliklarda agarda 100 tonna uzum quritiladigan bo„lsa jami 500 m
2
maydon 
talab etiladi. Quritishga tayyorlanadigan maydoncha 50 m
2
bo„lib shundan: hovuz - 16 
m
2
, o„choq joyi - 12 m
2
, 8 ta shkaf uzumni dudlash uchun - 32 m
2
bo„lishi kerak. 
5000 dona patnos (yog„och idish) har qaysiga 5 kg uzum joylashadigan bo„lishi 
lozim. Quritish maydoni – 414 m
2
, somonli loy bilan shuvalgan, shamol va quYosh 
nuri tushib turadigan, yer osti suvlari chuqur joylashgan maydonlar ajratiladi. 
Patnoslar – 90x60 sm kattalikda yasaladi. 1 ta shkafga 14 ta patnos joylashadi – jami 
70 kg uzum sarflanadi. SHkafning bo„yi – 100 sm, eni – 80 sm.
Qozonlarga 250-300 l suv solinishi kerak. Bir yo„la 6 s uzum botiriladi. 
Qaynayotgan suvga kaustik soda (ishqor) ning 0,2-0,4 % li yeritmasi tayyorlanadi. 
So„ngra uzum oltingugurtning 2 oksidi bilan 0,075-0,1 % dan ortiq bo„lmagan 
muhitda 1 m
3
shkafga 40 kg oltingugurt yondiriladi, 30-40 minut (daqiqa) saqlanadi, 
ortiq saqlansa hid qolishi mumkin.
Oftobda quritilayotgan mayiz objo„sh usulida quritilsa 12 kunda, faqat oftobda 
quritilsa 24 kunda, soyaki usulda quritilganda esa 30-50 kunda quriydi. Maxsus 
soyaki usulda quritishga mo„ljallangan xonaning bo„yi 6-8 m, eni 4 m, balandligi 3 m 
bo„lishi kerak. 
Hozirgi vaqtda maxsus quritish shkaflarida, sun‟iy muhitda ham quritish 
mumkin. Lekin, bu usulda quritishda mayiz chiqishi 15-20,5 % dan oshmaydi. 
Shuning uchun bu usulni ko„pchilik qo„llamaydi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin