Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tok tuplarini yoshartirish usullari



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Tok tuplarini yoshartirish usullari.
Tokning yer ustki qismlari yer ostki 
qismlariga qaraganda kam yil yashaydi. Ildizlari muhitning va odamning tashqi 
ta‟siridan himoyalangan bo„ladi. Tokning yer ustki qismlari har yili kesib turiladi, 
ko„pincha mexanik shikastlanadi, tuplar ko„milayotganda va ochilayotganda sinadi, 
yerga ishlov berishda shikastlanadi, sovuq uradi, zararkunanda, kasallik va 
boshqalardan zararlanadi. Shuning uchun tanasi va ko„p yillik shoxlarining hayoti 
ko„pincha ularning tabiiy qariligi boshlangunga qadar tugaydi. Masalan, 
O„zbekistonda tuplarga kalta qilib shakl berilganda uzum zanglar 8-12 yoshida, 
o„rtacha shakl berilganda esa to„rtinchi-oltinchi yili eng ko„p hosil beradi. Shundan 
keyin hosili kamaya boshlaydi. Bu davrda ularni yangisi bilan almashtirish kerak. 
Zangning novdalari ham tez qariydi va vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak 
bo„ladi.
Yoshartirish muddatlari tupning holatiga qarab belgilanadi. Zangning uchidagi 
novdalar sust o„sishi va tupning asosida ko„p bachki novdalar paydo bo„lishi bilanoq 
yoshartirishga kirishiladi. 
O„z vaqtida yoshartirish yo„li bilan tuplardan ko„p bachki novdalar chiqishining 
oldi olinadi va tegishli agrotexnikani qo„llab, hatto qari tuplardan ham har yili muttasil 
hosil olish ta‟minlanadi.
Tuplar to„liq yoki qisman yoshartiriladi. Tuplar to„liq Yoshartirilganda ularning 
hamma yer ustki qismlari shakllantiriladi. Bu usul kam, tupning barcha yer ustki 
qismlari sovuqdan zararlanganda yoki tup juda qari, Shuningdek, noto„g„ri kesish 
sababli xunuklashgan zang va kunda hosil bo„lgandagina qo„llaniladi. Tup parxish 
qilish yo„li bilan ham to„liq yoshartiriladi. Ko„pincha tok qisman yoshartiriladi
buning mohiyati qo„yidagichadir: tok tupining asosida yon zangining pastki 
qismlarida tupning eski qismidan o„sib chiqqan, qulay joylashgan novdalar 
qoldiriladi. Kelgusi yili bahorda ular ikki-uchta kurtak qoldirib kesiladi, eski (qari) 
zangga tegilmaydi va u hosil berishda davom etadi. Meva halqalari chiqarishi uchun 
uchinchi yili yoshartirish butog„i kesiladi va eski zang arralab tashlanadi. Kesilgan 


154 
joyidagi to„qimalar qurib qoladi, ularning sirti gummi elim (himoya modda) bilan 
qoplanadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin