151
5.
Uzumni qaysi navlaridan mayiz tayyorlash mumkin
va quruk meva chiqishi
qancha?
13. TOKZORLARNI QAYTA TIKLASH (REMONT, REKONSTRUKSIYA
QILISH) VA SOVUQDAN SAQLASH
13.1. Remont va rekonstruksiyalarning ahamiyati
Tayanch iboralar - Toklarni qayta tiklash, xatosini to„g„rilash, Yoshartirish,
parxish qilish, toklarni ko„chirib o„tqazish, agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish,
toklarni sovuqlardan shikastlanishi, qish va bahorgi sovuqlardan toklarni saqlash
tadbirlari.
Respublikamizning xo„jaliklarida Yosh tokzorlardan tashqari eski (keksa)
tokzorlar ham bo„lib, ular ayrim hollarda siyrak, har xil nav ekilgan, qatorlar noto„g„ri
joylashtirilgan, yerni mexanizatsiya yordamida ishlash qiyin bo„lgan mayda
uchastkalardan iborat. Ayrim hollarda tok tuplari katta (qari) asosiy zangi ko„p
mexanik
shikastlangan, ko„pincha tok o„stirish usuli eskirgan bo„lib, so„riga
ko„tarmasdan ishkomda o„stiriladi va hokazo. Bu kamchiliklarni tugatish va mo„l
hosil olish uchun tokzorni maydon birligida tuplar miqdori me‟yorida bo„lgan, sof
navli bir xil yoshdagi tok ekilgan yirik massivlar barpo qilishga yordam beradigan,
ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgani holda so„rida o„stirishga
moslab qayta tiklash zarur.
Qayta tiklash oldidan xo„jalik geodezik syomka qilinadi,
ayrim maydonlar
bo„yicha tokzorlar puxta inventarizatsiya qilinadi va qayta tiklashning umumiy rejasi
tuziladi, bunga quyidagilar: maydonning nomi va raqami, tokzorning yoshi,
asosiy
nav ekilgan maydon, aralash navlar va ular egallagan maydon,
toklarning siyrakligi,
o„tqazish usuli (qator qilib, har xil) va tuplar hamda qatorlar orasidagi masofa, tok
tuplarini o„stirish usuli (so„riga ko„tarmay, ishkomda va boshqa), tuplarga shakl
berish, so„ngi uch
yilda tokzorning hosildorligi, tokzorni sug„orish usullari (ariqdan,
bostirib va egatdan sug„orishlar) kiradi.
Tekshirish ma‟lumotlariga qarab, ayrim maydonlarning holati aniqlanadi va
tokzor butunlay yoki qisman qayta tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: