Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
-
li
gi
ga
/s
 
B
it
ta
 uzum
 boshi
 
og„
irl
igi

g
 
Q
ant
dor
li
gi
, %
 
K
is
lot
a
li
gi
 g
/l
 
N
ovda
larni
ng
 o„
si
sh
 
kuchi
 
V
ino
 si
fat
i,
 10 
bal
li
 
si
st
e
m
ada
 
V
ino
 chi
qi
shi
%
 
 Bayan shirey
 
 
 
 
 
 
 
 
Rkatsiteli
 
 
 
 
 
 
 
 
Risling
 
 
 
 
 
 
 
 
Sapyeravi
 
 
 
 
 
 
 
 
Kabyerne
 
 
 
 
 
 
 
 
O„zbekiston 
muskati
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12. UZUM HOSILINI YIG„IB OLISH, SAQLASH VA QAYTA ISHLASH 
12.1. Uzumzorlarni hosilni yig„ib olishga tayyorlash va hosil miqdorini aniqlash 
 
Tayanch iboralar - hosilni chamalash, tokzorni hosilni yig„ishga tayyorlash, 
hosilni tyerish tartibi, idishlar, hosilni tashish, hosilni saqlash, qayta ishlash, quritish 
usullari, quruq meva chiqishi, mayiz sifati. 
Uzumzorlardagi hosilni o„z vaqtida sifatli qilib yig„ishtirib olish katta 
ahamiyatga ega. Agarda uzum hosili o„z vaqtida va to„g„ri yig„ib olinmasa, mo„l hosil 
etishtirishga qaratilgan barcha tashkiliy va agrotexnika tadbirlari yo„qqa chiqadi. 


147 
Shuning uchun, hosilni yig„ib olishni to„g„ri tashkil qilish, tyerish, saqlash, tashish 
ishlarini o„z vaqtida bajarish lozim. 
Uzum uzishdan avval, hosil miqdori ikki marta chamalanib chiqiladi, birinchi 
marta-iyunning boshida to„pgul va tugunlarga qarab, ikkinchi marta-iyulda uzum 
boshari va g„ujumlarga qarab aniqlash zarur. 
Olinadigan hosil quyidagi usulda aniqlanadi: Maydonda har beshinchi qator, 
qatorda esa beshinchi tup belgilanib olinadi va uzum boshlarining soni hisoblab 
chiqiladi. Uzum boshlari soni yig„indisining tuplar soniga taksimlash yuli bilan har bir 
tupdagi uzum boshlarining o„rtacha vazniga ko„paytirib, xo„jalikda har bir tupdan 
olinadigan hosil aniqlanadi. Har gektardagi va xo„jalikdagi tuplar sonini bilib olib, har 
bir gektardan va xo„jalikning hamma maydonidan olinadigan hosil aniqlanadi. Hosil 
uchun turlarni aniqlash har bir nav bo„yicha alohida olib boriladi. 
Xo„jalikda foydalanishga qarab, har bir navning hosilini yig„ib olish muddatini 
to„g„ri belgilash zarur. 
SHu yerning o„zida yangiligicha iste‟mol qilish uchun mo„ljallangan uzum to„la, 
bir xilda pishgan bo„lishi lozim. G„ujumlari mavjud navga xos bo„lgan o„lchamga va 
rangga ega bo„lishi kerak. Shu bilan birga tarkibida shakar ko„p bo„lishi lozim. Uzum 
qanchalik yetilib pishsa, uning ta‟mi shuncha yaxshi bo„ladi. 
Uzoq masofalarga yuboriladigan uzumni to„liq pishgunga qadar uzib olish kerak. 
Agar to„liq etilib pishishga ozgina qolganda uzilsa, u yo„lda pishib etiladi. Uzum 
pisha boshlaganidan to„liq pishguncha bo„lgan muddat O„zbekiston sharoitida 15-20 
kun belgilanadi. 
Vinochilik sanoati uchun uzum uzish muddatlari bu navlardan qanday vinolar 
tayyorlanishiga qarab belgilanadi. Spirtsiz vinolar tayyorlanadigan uzumni uzib olish 
uchun erta muddat, avgustning oxiri-sentyabrning boshlari belgilanadi. Yengil 
dessyert vinolar ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan uzum sentyabrning birinchi 
kunlarida, kuchli va og„ir likyor vinolar uchun esa sentyabrning 20-kunlari va 
oktyabrning birinchi yarmida uzib olinadi, bunda tarkibida shakar eng ko„p bo„lishi 
lozim. Vino tayyorlashda qayta ishlash uchun topshiriladigan uzumning tarkibidagi 
shakarga ko„ra, O„zbekiston uchun quyidagi konditsiya: 16-19 % dan 22-26 % gacha 
belgilangan. 
Mayiz qilish va konsentrantlar (uzum suvi, shinni va x.k) olish uchun uzum eng 
kech muddatlarda uzib olinadi. Uzum tarkibida shakar miqdori qancha ko„p, 
kislotaligi esa past bo„lsa, kishmish va konsentrantlar shuncha ko„p chiqadi. Masalan, 
avgustda uzib olingan Oq kishmish quritilganda dastlabki vaznining 16-18 % 
miqdorida mayiz olinadi. Sentyabrda uzilganda esa uning tarkibida shakar ko„pligidan 
kishmish chiqishi 25-30 % gacha ortadi. Bundan tashqari, yanada kech muddatlarda 
uzilganda esa mahsulotning sifati yaxshilanadi. 


148 
Kishmish navlarni uzib olishda ob-havoning ahvolini hisobga olish lozim. Agar 
uzum kech, masalan oktyabr oyida uzib olinsa, yomg„ir yog„ib qolishi, havo 
namligining ortishi va haroratning pasayishi ehtimoli borligi sababli, uning qurishi 
qiyinlashadi. Bu holat mayiz qilishni sentyabrning birinchi kunlaridan boshlab
oktyabrda tugallashga majbur qiladi. Mayiz solish uchun mo„ljallangan uzumni uzish 
muddatlari ham ana shunga qarab belgilanadi. 
Mayiz tayyorlanadigan uzumning tarkibidagi shakar miqdori 20-22 % ga etmasa 
uzib olmaslik lozim. Oq kishmish navdan konsentratlar ishlab chiqarishda uzum 
tarkibidagi shakar miqdori 22 % dan kam bo„lmasligi talab qilinadi. 
Eng kechki uzum hosili sovuq kunlar boshlangunga qadar, ya‟ni oktyabrning 
birinchi kunlaridan kechiktirilmasligi kerak. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin