Sultoniy (Djaus safit, djaus) . Mahalliy xo„raki va mayizbop nav bo„lib,
xalq seleksiyasi yo„li bilan yaratilgan. Uzum boshlari katta (750 gr), konussimon
shaklda, tig„iz. G„ujumlari yirik, ovalsimon, sarg„ish qahrabo rangda, o„ta
pishganda jigarrang qo„ng„ir tusga kiradi. Po„sti yupqa, tiniq och rangli qora
nuqtachalari va biroz mumsimon g„ubori bor: Seret, syersuv. Karsillaydigan,
yoqimli asal mazali bo„ladi. Sentyabrning o„rtalarida pishadi. Tupi kuchli o„sadi.
Dog„li antraknoz, baktyerial rak, tok barg o„rovchisidan zararlanadi. Uzum
boshlari tig„iz va g„ujumlarining po„sti yupqa bo„lganligi sababli ba‟zan mevalari
chirib ketishi ham mumkin. Nisbatan sovuqqa va qurg„oqchilikka chidamli. Tog„li
joylaridagi bahorikor joylarda yaxshi o„sadi. Qandliligi 24,2%, kislotaliligi 3,3 l-g.
141
Ajoyib xo„raki nav. Saqlashga chidamli. «Djaus» markali oq rang desyert vino
tayyorlanadi va yuqori sifatli mayiz bo„ladi.
Qora kishmish Oq kishmish Qora janjal Sultoni
142
14-jadval Mayizbop uzum navlarining ta‟rifi Uzum navi O „s uv davri davom iyl igi (kun ) O „r tacha hosi l- dorl igi , ga /s 1 ta uzum boshi og„ irl igi , g