Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


 Tokzorlarni remont va rekonstruksiya qilish muddati va usullari



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
13.2. Tokzorlarni remont va rekonstruksiya qilish muddati va usullari 
Tokzorlar tyerritoriyani yangidan tashkil etish umumiy rejasiga muvofiq 
ravishda to„liq qayta tiklanganda, juda eski, juda siyrak, har xil navlar to„plamidan 
iborat, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlash qiyin va hosildorligi past 


152 
bo„lgan maydonlardagi toklar asta – sekin kundakov qilinadi. Maydon tekislangandan 
va yer tegishlicha tayyorlangandan keyin reja bo„yicha yangi ko„chat o„tqaziladi. 
Batamom qayta tiklash rejasi yalpi hosil tinimsiz ortib boradigan qilib tuziladi.
Qayta tiklash usuliga ko„ra, mavjud tokzorlarni taxminan uch guruhga bo„lish 
mumkin:
1.
To„g„ri qator qilib o„tqazilgan va tuplari yaxshi holatda bo„lgan sof navli 
maydonlar. Bunday maydonlarni so„ri o„rnatib va tuplarga elpig„ichsimon shakl berib 
tartibga solish kerak, bunda qator oralariga mexanizatsiya yordamida ishlov berish 
osonlashadi.
2.
Tekis joylarda qatorlarning yo„nalishi bu maydonlardan katta-katta massivlar 
barpo etishga imkon beradigan bir-biriga yaqin joylashgan va hajmi 0,25 ga hamda 
undan katta maydonli uchastkalar. 
3. Bir-biridan ancha uzoq joylashgan, maydoni ko„pi bilan 0,25 ga bo„lgan 
mayda uchastkalar. Bularning relefi notekis, tok tuplari yomon joylashtirilgan bo„ladi. 
Bunday uchastkalarni qayta tiklash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas va u 
yerga yangi ko„chatlar ekish kerak.
Tok tuplari olib tashlanmaydigan maydonlarda siyraklikni yo„qotish, qator 
oralarini kengaytirish yoki toraytirish, tuplarni boshqa joyga ko„chirish, navlarni 
almashtirish maqsadida qisman tiklash ishlari, bajarilishi mumkin.
Tokzor barpo qilingandan keyin birinchi yili kuzda yoki ikkinchi yili bahorda 
tutib ketmagan yoki olib tashlangan aralash navlar o„rniga qo„shimcha ravishda 
ko„chat o„tqaziladi. Bu ishni ko„chatlar o„tqazilgandan may oyi oxirida iyun oyi 
boshlarida ham bajarish mumkin. Buning uchun o„sha navning birinchi nav 
ko„chatlaridan foydalaniladi, ular tuprog„i bilan o„tqaziladi va albatta sug„oriladi. 
Bunda o„simlik yaxshi tutadi va rivojlanishda asosiy o„tqazilgan tuplardan orqada 
qolmaydi.
O„tqazilgandan keyin ikkinchi yili Yosh tokzorlar o„sha navning yaxshi 
rivojlangan ikki yillik ko„chatlari bilan remont qilinadi. Ko„chat ekish oldidan 
qoziqchalar qoqib tuplar o„rni belgilanadi, so„ngra diametri va bo„yi 70-80 sm bo„lgan 
chuqurlar kovlanadi, unga 10 kg gacha chirindi solinadi. 
Ko„chatlar oddiy o„tqaziladi va sug„oriladi. 
O„tqazilgandan keyin uchinchi yildan boshlab yoppasiga qurigan yoki ko„chat 
o„tqazilmagan va katta tuplardan parxish qilish qiyin yerlardan tashqari joylarda, 
o„simliklarni parxishdan xatosini to„g„irlash maqsadga muvofiq. 
Tokzor xatolarini to„g„irlashda parxish (novda parxish, tup parxish) va payvand 
qilish usullaridan foydalaniladi. 
Ba‟zi joylarda katta tok tuplarini ham ko„chirib o„tqazish mumkin. Tokzorlarni 
qayta tiklashda yoki ulardan boshqa maydonga ko„chirishda ba‟zan katta tuplarni 


153 
ko„chirib o„tqazish zarurati tug„iladi. Ular kuzda, tinim davrida ekilganida tuprog„i 
bilan ko„chirib olinib, boshqa uchastkaga o„tqaziladi. Tuproqsiz yoki tuprog„ini 
tushirib o„tqazilsa, yomon natija beradi. Ko„chirib o„tqazilgandan keyin tuplar 
qondirib sug„oriladi. Tok tuplari 100x80x80 sm o„lchamli qisimlarga ajratiladigan 
yashiklarda yoki yashiksiz tashiladi, ammo oldin ildizlari tuproq, chirindi, mineral 
o„g„itlar aralashtirib tayyorlangan «atalaga» botirib olinadi. Ko„chirib o„tqazishda 
tupda kamroq novda qoldiriladi, yer yaxshilab o„g„itlanadi, sug„oriladi va 
yumshatiladi. Ana shunday ko„chirib o„tqazilgan tok ko„chatlari 95 % va undan ham 
ko„prog„i tutib ketadi va ularning ba‟zilari ko„chirib o„tqazilgan birinchi yilidayoq 
hosil beradi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin