Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


 Tokzorlarni sovuqdan saqlash va sovuq urgan tokzorlarni tiklash



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127
13.3. Tokzorlarni sovuqdan saqlash va sovuq urgan tokzorlarni tiklash
Toklarni sovuq va qora sovuqlardan saqlash.
Tokdan mo„l hosil olish ko„p 
jihatdan uni sovuq, qora sovuqlardan saqlash uchun olib boriladigan tadbirlarga 
bog„liq. Tok ko„pincha erta kuzgi (oktyabrdagi birmuncha kuchsiz -6, -8
o
C qora 
sovuqlardan), ayniqsa, issiq kunlardan keyingi sovuqdan zararlanadi, bu vaqtda hali 
tok uncha chiniqmagan bo„ladi. Bunday holda ko„p ko„zchalar nobud bo„ladi, 
novdalarning va tupdagi ko„p yillik qismlarning to„qimasi zararlanadi.
Noyabr, dekabr oylarida bo„ladigan 16-18
o
C sovuqlarga Rkatsiteli, Risling, 
Sapyeravi, Kabyerni navlari ko„proq chidamli, mahalliy navlarning ko„pchiligi, shu 
jumladan Husayni, Nimrang, Kattaqo„rg„on kamroq chidamli bo„ladi.
Quruq yerlarda qora sovuqlar ko„p va nam yerdagiga qaraganda juda zararli 
bo„ladi. Pastli joylardagi maydonlarda qora sovuqlar tez-tez va juda kuchli bo„ladi. 
Chunki, qishda va erta bahorda u yerga sovuq havo yig„ilib qoladi. Qora sovuqlar 
vaqtida yer yuzasiga yaqin joyda 1-2 m balandlikka qaraganda harorat past bo„ladi, 
Shuning uchun ham ochiq tuplarning pastki qismi ancha kuchli zararlanadi.
Yoz-kuzda toklar ahyon-ahyonda sug„orilsa, azotli o„g„itlar kech berilsa, 
tuplarning kuzgi o„sishi, novdalarning pishishi va qishga tayyorlanishi ancha 
kechikadi, bu esa ularning sovuqqa chidamliligini pasaytiradi.
Yerda nam etarli bo„lsa, ular yangi novda va barglarni kam chiqaradi, buning 
natijasida tok qishki tinim davriga oziq moddalar zahirasini kam to„playdi va bu bilan 
ularning past haroratga chidamliligi pasayadi. 
Yer haddan tashqari nam bo„lsa va azotli o„g„itlar katta me‟yorda berilsa, 
ayniqsa, tupda kurtaklar yetishmaganda surx novdalar, qo„ltiq novdalar o„sib ketadi, 
tuplarning qalinlashishiga va sovuqqa chidamliligining pasayishiga sabab bo„ladi. 
Toklarni parvarish qilishda yuqori va o„z vaqtida o„tkaziladigan agrotexnika 
(sug„orish, o„g„itlash, xomtok, qo„ltiq novdalarni olib tashlash, chilpish, kasallik va 
zararkunandalardan himoya qilish va boshqalar) tuplarning yaxshi o„sishiga va 
novdalarning pishishiga, tupning qishlaydigan qismlarida plastik moddalar 
zahirasining ko„p to„planishiga yordam beradi, bu bilan tok kurtaklari hamda 
novdalarining sovuqqa chidamliligi ortadi.
Toklarni noyabrning boshlaridan kechiktirmay ko„mib bo„lish lozim. 
Mexanizatsiyadan foydalanish qiyin bo„lgan kichik tokzorlardagi toklar ketmon 
yordamida ko„miladi. Katta maydonlardagi toklarni ko„mishda mashinalardan 
foydalaniladi.


155 
O„zbekistonda ko„milgan toklar qattiq sovuqlar o„tishi bilan, mart oyining 
ikkinchi yarmida ochiladi, lekin yilning kelishiga qarab bu muddatni o„zgartirish ham 
mumkin. 
Qishki, bahorgi qora sovuqlardan toklarni asrashda sug„orib turishning ham 
ahamiyati katta.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin