Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
Muhokama uchun savollar: 
 
1.
Uzum navlarini o„rganuvchi fan qanday ataladi? 
2.
O„zbekistonda uzum navlari qachondan boshlab o„rganilgan? 
3.
Uzum navlari morfologik, biologik va xo„jalik belgilariga qarab qanday 
guruhlarga bo„linadi? 
4.
Aborigen uzum navlariga qaysilari kiradi? 
5.
Uzumchilik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari (seleksiya 
sohasida), ularning asosiy yo„nalishlari nimalardan iborat? 
6.
O„zbekistonda tuproq va iqlim sharoitiga qarab uzum navlarini joylashtirish 
qanday? 


135 
7 – amaliy mashg„ulot. Xo„raki uzum navlari va ularning ta‟rifi 
 
Ishning maqsadi:
Talabalarni O„zbekistonda rayonlashtirilgan xo„raki
uzum navlari bilan tanishtirish.
Materiallar va jihozlar: 
1. A.A.Ribakov va boshqalar. “O„zbekiston uzumchiligi”. Toshkent, 1969. 
2. Sh.Temurov. «Uzumchilik». Toshkent. 2002 yil. 
3. Морозова Г.С. Виноградарство с основами ампелографии (практический 
курс). Москва, 1978 г.
4. Ампелография Узбекистана, Т., 1989. 
5. Tok tupining ko„rinishi, rangli jadvallar, har xil uzum navlari
konservalari. 
Asosiy tushunchalar
.
Tok ekini, Tokgullilar (Vitaceae) oilasiga mansub 
bo„lib, bu oilaga 14 ta avlod va 968 ta tur birlashgan. O„zbekistonda ekiladigan 
barcha tok navlari Vitis avlodiga va Vitis vinifyera turiga mansubdir. 
Hozir O„zbekistonda 400 ga yaqin uzum navlari uchrab, shundan 40 dan 
ortiqrog„i standart nav deb qabul qilingan. Uzum navlari biologik, morfologik va 
xo„jalik belgilariga qarab shartli ravishda 3 - guruhga bo„linadi: vinobop, xo„raki 
va mayizbop. 
Xo„jalik uchun qimmatli belgi xususiyatlari nisbatan barqaror, irsiy
jihatdan bir-biriga yaqin bo„lgan klonlarning vegetativ yo„l bilan
ko„paytirilib, hosil qilingan nasli
uzum navi
deb ataladi. Klon - bitta
o„simlikni vegetativ yo„l bilan ko„paytirib olingan o„simliklar yig„indisidir. 
Klon o„simliklari nisbatan bir xil bo„ladi. Ammo ular biror darajada irsiy
jihatdan o„zgaradi va klonlar aralashmasi bo„lib qoladi. O„zbekistonda uzum
navlarining assortimenti juda ko„p. Ular 200 dan ortiq navni o„z ichiga oladi.
Uzumning mahalliy navlari asosan xo„raki va kishmish navlardan iborat. 
Xo„raki navlar uzum boshlarining va ko„pincha siyrak bo„lishi hamda g„ujumning 
tig„iz va eti ajoyib ta‟mli yirik chiroyli bo„lishi bilan ajralib turadi. Ammo 
g„ujumlarining shirasi kam. Bir qancha mahalliy xo„raki navlar: Nimrang, 
Husayni, Toyfi, Charos, Kattaqo„rg„on navlari keng tarqalgan. Ular ichida ertagi
o„rtagi, kechki muddatlarda pishadigan navlar uchraydi, shu sababli 100-120 
kungacha yangi uzum mevasini iste‟mol qilish mumkin. Bundan tashqari, yangi 
xo„raki uzum tupdan uzib olingandan keyin tegishli sharoitda 4-5 oy va undan 
ortiq saqlanishi mumkin. Xo„raki navlardan vino tayyorlash uchun foydalanish 
mumkin, lekin vino ancha sifatsiz bo„ladi. 
Quyida xo„raki navlarning qisqacha ishlab chiqarish - biologik ta‟rifi
keltirilgan. 


136 
Oq xaliliy.
Bu nav Turkmanistondan keltirilgan. Uzum boshlari
konussimon, g„ujumlari zich yoki siyrak joylangan bo„ladi. Uzum boshning
o„rtacha og„irligi 230 g, rangi oq yoki yashil, sariq rangda ba‟zan qoraygan
bo„ladi. G„ujumlarining qalinligi 18-19 % ga etadi, titrlanadigan kislotaligi 4-
5,6 g/l. O„z joyida iste‟mol qilish uchun xo„raki nav sifatida foydalaniladi,
erta pishadigan navlar ichida ta‟mi eng yaxshi hisoblanadi. Hosildorligi
gektaridan 12,5 t gacha. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin