152
bo„lgan maydonlardagi toklar asta – sekin kundakov qilinadi. Maydon tekislangandan
va yer tegishlicha tayyorlangandan keyin reja bo„yicha yangi ko„chat o„tqaziladi.
Batamom qayta tiklash rejasi yalpi hosil tinimsiz ortib boradigan qilib tuziladi.
Qayta tiklash usuliga ko„ra, mavjud tokzorlarni taxminan uch guruhga bo„lish
mumkin:
1.
To„g„ri qator qilib o„tqazilgan va tuplari yaxshi holatda bo„lgan sof navli
maydonlar. Bunday maydonlarni so„ri o„rnatib va tuplarga elpig„ichsimon shakl berib
tartibga solish kerak, bunda qator oralariga mexanizatsiya yordamida ishlov berish
osonlashadi.
2.
Tekis joylarda qatorlarning yo„nalishi bu maydonlardan katta-katta massivlar
barpo etishga imkon beradigan bir-biriga yaqin joylashgan va hajmi 0,25
ga hamda
undan katta maydonli uchastkalar.
3. Bir-biridan ancha uzoq joylashgan, maydoni ko„pi bilan 0,25 ga bo„lgan
mayda uchastkalar. Bularning relefi notekis, tok tuplari yomon joylashtirilgan bo„ladi.
Bunday uchastkalarni qayta tiklash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas va u
yerga yangi ko„chatlar ekish kerak.
Tok tuplari olib tashlanmaydigan maydonlarda siyraklikni yo„qotish, qator
oralarini
kengaytirish yoki toraytirish, tuplarni boshqa joyga ko„chirish, navlarni
almashtirish maqsadida qisman tiklash ishlari, bajarilishi mumkin.
Tokzor barpo qilingandan keyin birinchi yili kuzda yoki ikkinchi yili bahorda
tutib ketmagan yoki olib tashlangan aralash navlar o„rniga qo„shimcha ravishda
ko„chat o„tqaziladi. Bu ishni ko„chatlar o„tqazilgandan
may oyi oxirida iyun oyi
boshlarida ham bajarish mumkin. Buning uchun o„sha navning birinchi nav
ko„chatlaridan foydalaniladi, ular tuprog„i bilan o„tqaziladi va albatta sug„oriladi.
Bunda o„simlik yaxshi tutadi va rivojlanishda asosiy o„tqazilgan tuplardan orqada
qolmaydi.
O„tqazilgandan keyin ikkinchi yili Yosh tokzorlar o„sha
navning yaxshi
rivojlangan ikki yillik ko„chatlari bilan remont qilinadi. Ko„chat ekish oldidan
qoziqchalar qoqib tuplar o„rni belgilanadi, so„ngra diametri va bo„yi 70-80 sm bo„lgan
chuqurlar kovlanadi, unga 10 kg gacha chirindi solinadi.
Ko„chatlar oddiy o„tqaziladi va sug„oriladi.
O„tqazilgandan keyin uchinchi yildan boshlab yoppasiga qurigan yoki ko„chat
o„tqazilmagan va katta tuplardan parxish qilish qiyin yerlardan tashqari joylarda,
o„simliklarni parxishdan xatosini to„g„irlash maqsadga muvofiq.
Tokzor xatolarini to„g„irlashda parxish (novda parxish, tup parxish) va payvand
qilish usullaridan foydalaniladi.
Ba‟zi joylarda katta tok tuplarini ham ko„chirib o„tqazish mumkin. Tokzorlarni
qayta tiklashda yoki ulardan boshqa maydonga ko„chirishda ba‟zan katta tuplarni
153
ko„chirib o„tqazish zarurati tug„iladi.
Ular kuzda, tinim davrida ekilganida tuprog„i
bilan ko„chirib olinib, boshqa uchastkaga o„tqaziladi. Tuproqsiz yoki tuprog„ini
tushirib o„tqazilsa, yomon natija beradi. Ko„chirib o„tqazilgandan keyin tuplar
qondirib sug„oriladi. Tok tuplari 100x80x80 sm o„lchamli qisimlarga ajratiladigan
yashiklarda yoki yashiksiz tashiladi,
ammo oldin ildizlari tuproq, chirindi, mineral
o„g„itlar aralashtirib tayyorlangan «atalaga» botirib olinadi. Ko„chirib o„tqazishda
tupda kamroq novda qoldiriladi, yer yaxshilab o„g„itlanadi, sug„oriladi va
yumshatiladi. Ana shunday ko„chirib o„tqazilgan tok ko„chatlari 95 % va undan ham
ko„prog„i tutib ketadi va ularning ba‟zilari ko„chirib o„tqazilgan
birinchi yilidayoq
hosil beradi.
Dostları ilə paylaş: