156
XULOSALAR
Ushbu darslikdan qishloq xo„jaligi sohasida oliy o„quv yurtlarining hamda
texnikumlarining o„qituvchilari, tayanch doktorantlar va
barcha bakalavr ta‟lim
yo„nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
talabalari hamda soha
mutaxassislari uchun mo„ljallangan.
Mazkur
uzumchilik
darsligi
5410200-Agronomiya
(dehqonchilik
mahsulotlari turlari bo„yicha), 5411000 – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik,
5111000 – Kasb ta‟limi (Agronomiya dehqonchilik mahsulotlari bo„yicha) ta‟lim
yo„nalishlarida va 5A411003 – Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash
magistratura mutaxassisligi bo„yicha tahsil olayotgan
talabalar
uchun O„zbekiston
Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat
ta‟lim standarti hamda malaka talablari asosida tuzilgan o„quv reja hamda fan
dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu darslikni tayyorlashda keyingi yillarda
dunyoning uzumchiligi rivojlangan mamlakatlari va mamlakatimizdagi zamonaviy
uzumchilik sohasidagi ilg„or agrotexnologiyalar va
xorijiy tajribalar inobatga
olingan. Darslikda uzumchilikning ahamiyati, tok ekinining kelib chiqishi,
tarqalishi,
biologik xususiyatlari, Davlat reestriga kiritilgan va keng tarqalgan
xo„raki, mayizbop va vinobop navlarining ta‟rifi, tokni ko„paytirish usullari va
ko„chatini
yetishtirish, tokzor barpo qilish va yosh tokzor agrotexnikasi, tok
tuplarini o„stirish usullari, kesish,
shakl berish, tokning yashil qismlari bilan olib
boriladigan ishlar va hosilli tokzorni parvarishlash, hosilni yig„ish, tashish, saqlash,
tog„ va tog„oldi hududlardagi tokchilik, xususiy tokchilik
va intensiv usulda tok
o„stirishga keng e‟tibor qaratilgan.
Umuman olganda, ushbu darslikdan foydalanuvchilar ya‟ni talabalar,
tomorqa yer egalari, fermerlar va havaskorlar dehqonlarning
zamonaviy usulda
tok o„stirish texnologiyasi hamda sifatli uzum yetishtirishga oid bilimlarini
oshirida va ko„nikmaga ega bo„lishida yordam beradi.