O'qituvchi nutqining to'G'iriligi, ravonligi, aniqligi va ta'sirchanligini oshirish



Yüklə 255,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.09.2023
ölçüsü255,67 Kb.
#147922
1   2   3   4
O\'QITUVCHI NUTQINING TO\'G\'IRILIGI, RAVONLIGI, ANIQLIGI VA TA\'SIRCHANLIGINI ANIQLASH

Nutqiy va kommunikativ qobilyat. 
Demak, nutq aniq va ravon bo‘lishi, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan 
bo‘lishi, adabiy talaffuz qoidalariga bo‘ysunishi, boshlanishidan 
oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutq asosida o‘rga-
nilayotgan bilim o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Shunday 
nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun o‘qituv-
chilardan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, filologik bilim va 
muttasil nutqiy mashq qilish talab qilinadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida 
o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga 
quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, 
jamoatchilik fikri. Talab – ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining 


tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. 
O‘quvchining u yoki bu xatti harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, 
ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-
harakati to‘xtatib qo‘yiladi. Istiqbol – ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, 
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga 
erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy 
intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul 
maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan 
biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi. Rag‘batlantirish va 
jazolash – tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar 
xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat 
va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun 
o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z 
burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy 
ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan 
nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi. 
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli 
bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga 
qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamoaning 
tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini 
ta’minlaydi, o‘quvchilarning birbirlariga do‘stona munosabatini 
shakllantiradi. uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik 
mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa 
yana istе'dod, layoqat va zеhn, ya'ni inson nеrv tizimida anatomo-
fiziologik xususiyat bo`lishi ham zarur. Ana shu tabiiy zaminda 
qobiliyat 
dеb 
ataluvchi 
ruhiy 
xususiyat 
taraqqiy 
etadi.


Pedagogik 
qobiliyat 
turlari.
Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida 
qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’I va tarbiyalab 
yetishtirmog’i 
lozim.
1.Bilish 
qobiliyati.
2.Tushuntira 
olish 
qobiliyati.
3.Kuzatuvchanlik 
qobiliyati.
4.Nutq 
qobiliyati
5.Tashkilotchilik 
qobiliyati.
6.Obro’ 
orttira 
olish 
qobiliyati.
7.To’g’ri 
muomala 
qilish 
qobiliyati.
8.Kelajakni 
ko’ra 
olish 
qobiliyati
9.Diqqatni 
taqsimlay 
olish 
qobiliyati
Kommunikativ 
qobiliyat 
o’zi 
nima?
Kоmmunikаtiv qоbiliyat – bu pеdаgоgik o’zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus 
ko’rinishgа egа bo’lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir. Psiхоlоgik 
аdаbiyotlаrdа kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrning bir qаnchа turlаri аjrаtib 
ko’rsаtilаdi: 1) insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа, 
uning аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-
аtvоrini ichki оlаmi bilаn bоg’liqlikdа ko’rib chiqish, yuz, qo’l, gаvdа 
hаrаkаtlаrini “o’qish” ko’nikmаsi) 2) insоnni o’z-o’zini аnglаy оlishi 
(o’z bilimi, qоbiliyati, o’z хаrаktеri vа bоshqа qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn 
bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа аtrоfdаgilаr ko’zi 
bilаn bаhоlаsh); 3) mulоqоt vаziyatini to’g’ri bаhоlаy оlish ko’nikmаsi 
(mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo’lish bеlgilаri hаqidа 
ko’prоq ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e’tibоrni qаrаtish, yuzаgа 


kеlаyotgаn vаziyatning ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to’g’ri idrоk 
etish 
vа 
bаhоlаsh).
Kishining o`z tuyg`u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika 
va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish 
qobiliyatidir. Bu o`qituvchilik kasbidagi muhim qobiliyatlardandir. 
Chunki o`qituvchidan o`quvchilarga uzatiladigan axborot asosan 
ikkinchi signal tizimi-nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan 
uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. (“Biz uchun adabiyot 
o`qituvchimiz-Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo`q. 
Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto 
tanaffusga 
chalingan 
qo`ng`iroq 
ham 
halaqit 
beradi”).
Darsda qobiliyatli o`qituvchining nutqi hamma vaqt o`quvchilarga 
qaratilagn bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, 
o`quvchining javobini sharhlab beradimi, o`quvchilar javobini, ularning 
hatti-harakatlari yoki xulq-atvorini ma`qullaydimi yoki tanbeh beradimi, 
xullas, nima qilishidan qat`iyo nazar uning nutqi hamma vaqt o`zining 
ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi 
lozim. O`qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy va 
o`quvchilar uchun tushunarli bo`lishi kerak. Beriladigan axborotlar 
shunday tuzilishi kerakki, bunda o`quvchilarning fikru-zikri va diqqat-
e`tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo`lsin. Buning uchun esa 
o`qituvchi o`rtacha savol tashlab, asta-sekinlik bilan o`quvchilarni 
to`g`ri 
javobga 
olib 
keladi, 
o`quvchilarning 
diqqat-e`tiborini 
faollashtiruvchi (“Bunda ayniqsa ziyrak bo`ling!”, “o`ylang, yana o`ylab 
ko`ring!”) kabi so`z va iboralarni o`z me`yorida ishlatadi. O`qituvchi 
uzun jumlalarni, murakkab og`zaki izohlarni, qiyin atamalarni va 


zarurati bo`lmasa, turli ta`riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga 
o`qituvchi shuni ham hisobga olishi kerak-ki, o`qituvchining lo`nda-
lo`nda bo`lib chiqqan qisqa nutqi ko`p hollarda o`quvchilarga 
tushunarsiz bo`lib qolar ekan. O`qituvchining o`z o`rnida ishlatilgan 
hazil aralash va xayrihohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi 
o`quvchilarni juda jonlantirib, o`quvchilar tomonidan o`ta yaxshi qabul 
qilinar ekan.
3.

Yüklə 255,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin