O'qituvchi
nutqining
tog'riligi,
ravonligi,
aniqligi
va
ta'sirchanligini oshirish .
Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy
til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy
nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan
bo`lishi, turli g’ayriadabiy va g’ayriaxloqiy til elementlaridan xoli
bo`lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo`lib, nutqiy tozalikning tildan
tashqari paralingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga
ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyat-larga ega bo`lgan va
bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng
mavqyeda muloqotda bo`layotgan o`zbek xalqining madaniy darajasiga
mos
bo`lishi
lozim.
«Nutqimizning
sofligiga,
asosan,
quyidagilar
ta’sir
qiladi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek,
grammatik shakllar, so`z va so`z birikmalari-ning talaffuzi, urg’usi.
2.
O`rinsiz
qo`llangan
chet
so`z
va
so`z
birikmalari.
3.
Jargonlar.
4.
Vulgarizmlar.
5.
Nutqda
ortiqcha
takrorlanadigan
«parazit»
so`zlar.
6.
Kanselyarizmlar»
Nutqimizning toza bo`lishiga xalaqit berayotgan ling-vistik elementlar,
asosan, dialektizmlar va varvarizm-lardir. To`g’ri, ular tilimizda
ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida
dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi,
muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi
mumkin.
Dialektal so`zlarning badiiy adabiyotda o`rni bilan ishlatilishi faqatgina
maqsadga muvofiq bo`lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib
borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qoli-shiga
xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dia-lektizmlar va
adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli
masalalardan
biri
sanaladi.
Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga ta’sir ko`rsatishi tabiiy
bir holdir. Kishilar nutqlarida o`zlari bilib-bilmay yoki e’tiborsizlik
oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydala-nadilar. Boshqa millat
vakillari bilan birgalikda yashash, mehnat qilish, ta’lim olish, xullas,
muomala
jarayonida
ana
shu
hol
yuz
beradi.
Boshqa tillardan so`z o`zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko`ra
foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so`zlar orasida
varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda
qo`llash-qo`llamaslik masalasiga adabiy til me’yorlari nuqtai nazaridan
munosabat bildirish lozim. Varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot,
sovsem, voobщye, tolko, tolko tak, yestestvenno, obyazatelno,
konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem boleye,
dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq,
razresheniye olmoq, podpis qo`ymoq, bo, akun, soni kabi so`z va
birikmalarning o`zbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud. Buning ustiga
ular adabiy tilimizga kirgan emas. Demak, bu so`zlar o`zbek tili uchun
me’yor emas. Ammo biz ularni, ijtimoiy muhit ta’siridan bo`lsa kerak,
albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat
qilmaymiz. Shu tarzda leksik me’yor ham, nutq ham buziladi. Shuning
uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatili-shini ijobiy hodisa sifatida
emas, balki me’yorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda
qo`llamaslik lozim. Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy
uslubga xos bo`lgan so`zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib
turadi. Ular rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda
qulay. Ilmiy uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan
foydalaniladi. Ammo bunday so`z va iboralarni so`zlashuv va badiiy
nutq uslubida ishlatish. Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan
shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga
bog’liq hodisa sanalmasdan, u ham ruhiy, ham estetik hodisadir.
Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi
va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan
muddaoning to`liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda
tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim
talablar qo`yiladi. Bu talablar grammatik jihat-dan nutqning to`g’ri
bo`lishini, so`zlar ko`zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli,
yorqin va ta’sirchan bo`li-shini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy
xususiyat-lari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot ortolo-giya ana
shu
sifatlarni
o`rganish
bilan
shug’ullanadi.
Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib
kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o`zida aks
ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Siseron fikricha,
aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab
o`tirishning ham hojati yo`q. Ammo notiq tinglovchilarni o`ziga jalb
qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador
bo`lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga
muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XII-XIII asr O`rta Osiyo
ma’naviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz
Koshifiy ham «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining
odobi» deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida
muhim tezislarni ilgari surgan. Xullas, ma’naviyati va madaniyati
shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim
omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo`lishiga
qaratgan o`z nazariyotchilari ham bo`olishgan. Agar nutq ma’lum
vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda
joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta
ahamiyatga ega bo`ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashti-radigan
bo`lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash
lozim bo`ladi: to`g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik,
tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha
ma’lumotlar
beriladi.
Dostları ilə paylaş: |