O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

parlamentning quyi palatasi
deb ham yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sena-
ti ning vakolat muddati – besh yil.
Davlatimiz Konstitutsiyasining 77- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston 
Res pub likasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofi q say-
la na digan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat. Shuningdek, Qonunchilik 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BOSHQARUVINING TASHKIL ETILISHI
http:eduportal.uz


72
palatasining deputatlari – hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha 
ko‘p par tiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huqu qi 
asosi da yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik 
pala tasi bo‘lib, 100 nafar Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari, Qora qal-
pog‘is ton Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar 
dav lat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma 
maj lis larida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng 
miqdorda – olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish 
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida 
katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng 
obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbe-
kiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqa rosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
de pu tati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
a’zo si bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar 
qo nun bilan belgilanadi.
Bitta shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj li-
sining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tar-
ki bidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. 
O‘zbe kiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi 
va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezi dentining taqdimiga binoan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati 
va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular Qonunchilik pala-
tasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi
qamoq qa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga 
torti lishi mumkin emas.
http:eduportal.uz



Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin