81
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
81
81
Sud hokimiyati –– davlat hokimiyatining bir bog‘ini.
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi quyidagilardan iborat:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
– Harbiy sudlar;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘-
yi cha sudlari;
– Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar
sudlari;
– Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jino-
yat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Tosh kent shahar
iqtisodiy va ma'muriy sudlari.
– Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari:
– Tuman, shahar ma'muriy sudlari.
Sud idoralaridan boshqa davlat idorasi fuqarolik, jinoyat va boshqa
ish larni ko‘rish, hal etish huquqiga ega emas. Sud hokimiyati odil sudlovni
amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan yagona hokimiyatdir.
Davlat o‘z zimmasiga sudlov organlari o‘z vazifalarini samarali baja-
ri shlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish majburiyatini olgan. Sud
ido ra larining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya
va qonunlarda belgilab qo‘yilishi BMT tomonidan qabul qilingan “Sud
ido ra larining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiy
hujjat da ham o‘z ifodasini topgan.
5. Konstitutsiyaning 113- moddasining ahamiyati nimada deb o‘y-
lay siz? Bunday qilinishi nimalarga ta’sir o‘tkazishi mumkin?
6. Ayblanuvchilarning Konstitutsiyaning 116- moddasi orqali ka fo-
lat lan gan huquqlari bo‘lmaganida qanday holatlar bo‘lar edi?
Dostları ilə paylaş: