84 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar Sharhlang! Sud – odil sudlovni amalga oshirishga haqli bo‘lgan birdan-bir davlat
hoki miyati organi. Sudyalar o‘zlari qabul qilgan qarorlar va hukmlarni
dav lat nomidan chiqaradilar. Bu qoida hal qiluv qarorlari va hukmlari
ham ma, shu jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz bajarilishi
kerak ligini anglatadi.
1. Sud hokimiyati deganda nimani tushunasiz?
2. Sud hokimiyati organlari qanday vazifalarni bajaradi?
3. Sudlarning mustaqilligi qay tariqa kafolatlanadi?
4. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga qaysi organlar kiradi?
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qanday organ hisob la-
na di? Uning qanday vakolatlari bor?
6. Sudlarning va sudyalarning mustaqilligi qay tariqa ta’minlanadi?
7. Sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chi-
qa ri lishining ahamiyati haqida o‘z fi kringizni bildiring.
8. Sud hokimiyatini isloh qilish va uni mustaqil davlat institutiga aylanti rish
bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar qanday natijalarni berdi?
9. Yangi tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qanday
maqsadda tashkil qilindi?
10. Konstitutsion sudning vakolatlari qanday o‘zgartirildi?
11. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning sud-huquq tizimini isloh qilish
bo‘yicha farmonining ahamiyati haqida so‘zlab bering.
Ijodiy faoliyat Tuzgan shartli davlatingizning sud tizimi tarxini chizing. Bunda har xil yo‘nalishlardagi sudlarning vakolatlari, ular oldiga qo‘yiladigan vazi- fa larni, ularning mas’uliyatlarini belgilab yozing. Ikkita fuqaro o‘rtasida va ikkita tashkilot o‘rtasidagi nizoli holatlarni keltiring va ularning sud tizi mi orqali yechimini berishga harakat qiling. Sharhlang! Ijodiy faoliyat http:eduportal.uz