O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

83
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
83
83
– O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi va 
uning vazifasi qilib sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy 
prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashish belgilandi;
– Konstitutsion sud vakolatlari kengaytirildi va uning doirasiga Prezident 
qaror va farmonlarining Konstitutsiyaga mosligini aniqlash vakolati 
ham kiritildi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 
qabul qilindi. Unda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor 
vazifalar belgilab berildi. Farmonda sud hokimiyatining haqiqiy 
mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya 
qilish, odil sudlovga erishish imkoniyatini oshirish kabi masalalar sud-
huquq tizimi islohotlarining asosiy maqsadi sifatida belgilab qo‘yildi. 
Bu maqsadga erishish yo‘lidagi sud, huquqni muhofaza qiluvchi va 
nazorat organlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Hikmatlar xazinasidan!
Agar sud hokimiyati ijro hokimiyati bilan birlashsa, u holda sud 
ha ka mi sitamgarga aylanishiga imkoniyat tug‘iladi. (
Monteskiyo
)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT BOSHQARUVINING TASHKIL ETILISHI
Amir Temur davlatida odil sudlovni amalga oshirish uchun 
mukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo‘lib, ular quyidagi to‘rt 
sohaga bo‘lingan va qozilar tomonidan boshqarilgan:
1. Fuqarolik sudi (aholi qozisi);
2. Harbiy sud (lashkar qozisi);
3. Shariat sudi (islom qozisi);
4. Amaldorlar sudi (xizmatchilar qozisi).
Shahar, o‘lka va viloyat aholisi jinoyat va fuqarolar ishi bo‘yicha 
sud qilinardi. Bu ishda shariat, harbiy kishilarga nisbatan harbiy sud
(tribunal) 
qo‘llanilsa-da, tuzuklar asosida hukm chiqarilgan. Taxt 
vorislari uchun hukmni amirning o‘zi chiqarardi.
http:eduportal.uz



Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin