77 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 77 77 Vazirlar Mahkamasi yana quyidagi vazifalarni bajaradi:
♦
Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda
uning bajarilishini ta’minlaydi;
♦
Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;
♦
yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
♦
madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona
dav lat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
♦
mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amal-
ga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
♦
qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash,
xusu siy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi
kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hukumat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari,
Prezi dent farmonlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida va ularni
... O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri: 1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rah barlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob gar bo‘ladi; 2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qaror larini imzolaydi; 3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah kamasi nomidan ish ko‘radi. 4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan bosh qa vazifalarni bajaradi ... 98- moddadan. korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O‘zbе-
kiston Rеspublikasi Prеzidеnti va O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi
oldida javobgar hisoblanadi.
Oliy Majlis yangi saylanishi bilan Vazirlar Mahkamasi to‘laligicha
iste’foga chiqadi.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda faoliyat
yuritadi.