103 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 103 103 Sharhlang! Huquq sohasi (tarmog‘i) huquqiy normalar tomonidan tartibga soli-
na digan munosabatlar majmuidir.
Yuqorida atalgan tarmoqlar davlatning ichki
huquq tizimini tashkil
qi la di. Bundan tashqari
xalqaro huquq tizimi ham mavjud bo‘lib, bu hu-
quq tizimi normalari davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlar
o‘r ta sidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro huquq tizimi quyidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: xalqaro
ommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq, xalqaro tash kilotlar huquqi,
xalqaro xavfsizlik huquqi, diplomatiya va konsullik huqu qi, xalqaro dengiz
huquqi va boshqalar.
Huquq institutlari – bu o‘zaro bog‘langan, bir turdagi ijtimoiy muno-
sa batlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Kons ti-
tutsiyaviy huquq sohasida prezidentlik, fuqarolarning huquq va erkinliklari
ins ti tuti, jinoyat huquqi sohasida – javobgarlik instituti, oila huquqida –
nikoh instituti va boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichki
tar kibiy qismidir. Huquq institutlari birlashib, huquq sohasini tashkil etadi.
Ya’ni huquq institutlari huquq sohalarining tarkibiy qismidir.
Ijodiy faoliyat Tuzgan shartli davlatingizda ikkita jismoniy shaxs (fuqaro) va ikkita yuri dik shaxs (tashkilot)larni misol tariqasida ajratib oling. Ularni nom- lang. 1. Jismoniy shaxslaringiz kirishishlari mumkin bo‘lgan ijtimoiy muno- sa batlarda huquqning qaysi tarmoqlari asqotishi mumkinligini aj- ra tib ko‘rsating. 2. Agar ular o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni sud orqali yechishiga to‘g‘ ri kelsa, qaysi protsessual huquq sohalariga murojaat qilishiga to‘g‘ ri kelishini ayting. 3. Agar yuqoridagi jismoniy shaxslar o‘rnida yuridik shaxslar (tash- ki lotlar) bo‘lsa-chi?