28. Bozor infrastrukturasida moliya-kredit tipidagi muassasalarga nima
kiradi?
a) birjalar, auksionlar, savdo uylari;
b) tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, sug'urta va moliya
kompaniyalari;
v) konsalting va auditorlik firmalar;
g) aholini ishga joylashtirish byurolari va mehnat biijalari;
d) om bor xo'jaligi, transport va aloqa.
29. Doiraviy aylanishlarning oddiy modeliga bozorning qaysi turlari
kiritilgan?
a) pul bozori;
b) tovar va xizmatlar bozori;
v) pul va resurslar bozori;
g) tovarlar, xizmatlar va resurslar bozori;
d) yuqoridagilam ing barchasi.
87
10-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI.
BOZOR MUVOZANATI
1-§. Talab tushunchasi. Talab qonuni.
Talabga ta ’sir qiluvchi omillar
Talab - bu narxlarning mavjud darajasida sotib olinadigan
tovar (xizmat)lar miqdori.
Talab turlari:
• Individual (yoki yakka) talab
- alohida shaxs, oila
va boshqa subyektning tovar (xizm at) larning
muayyan to'plamiga bo'lgan talabi.
• Bozor
talabi-alohida iste’molchilarning
talablari
yig'indisi.
Talab darajasini belgilab beruvchi asosiy omil narx hisoblanadi.
Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda narxning o'zgarishi (pasayishi
yoki ko‘tarilishi) sotib olinadigan tovarlar miqdorining o'zgarishiga (ortishi
yoki kamayishi) ga olib keladi.
Narx darajasi va sotib olinadagan tovarlar miqdori o'rtasidagi
teskari
yoki qarama-qarshi bog'liqlik
talab qonuni
deyiladi.
Agar oila oylik pul daromadining 5000 so'mini har oyda un sotib
olishga sarflasa, un narxi o'zgarishi talab bildirilgan mahsulot miqdorining
quyidagicha o'zgarishiga olib keladi.
A
Б
В
Г
Д
E
Un narxi,
(so‘m)P
500
400
250
200
100
50
Talab
qilinadigan un
miqdori, (kg)Q
10
12,5
20
25
50
100
Jadval ma’lumotlari narxning pasayishi sotib olinadigan tovar
miqdorining ko'payishi
bilan birga borishini, aksincha, narxning o'sishi
esa xarid miqdorining kamayishiga olib kelishini ko'rsatadi. Bu yerda
8 8
narx iste’molchi uchun to’siq vazifasini bajaradi, ya’ni yuqori narx ularning
xarid qilish istagini so’ndiradi, past narx esa bu istakni rag’batlantiradi.
Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori o'rtasidagi teskari
bog'liqlikni grafikda tasvirlab, talab egri chizig'ini hosil qilish mumkin.
narx
P(som) 500
400
300
200
100
Grafikda har bir nuqta tovarning narxi va iste’molchi shu narxda sotib
olishi mumkin bo'lgan mahsulot miqdorini ko'rsatadi.
Real iqtisodiy hayotda shunday holat ham yuz berishi mumkin, ya’ni
ayrim tovarlarga narxlar o'sishi bilan ularga bo'lgan talab kamaymasdan
balki ortib boradi.
Bu holat
Dostları ilə paylaş: