Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni oylik ustamalar to‘lash orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash test sinovini o‘tkazish uchun tarix fanidan test topshiriqlari


XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida O‘zbekiston tarixi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix25.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#148032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
tarix

XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida O‘zbekiston tarixi. 
XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi. XIX asr 
o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ma’muriy boshqaruv tizimi. Rossiya 
imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik 
harakatlarining boshlanishi. Toshkentning bosib olinishi. Turkiston 
general-gubernatorligining tashkil etilishi. Buxoro amirligiga qarshi 
harbiy harakatlarning boshlanishi. Buxoro amirligi ustidan Rossiya 
imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi. Xiva xonligi ustidan Rossiya 
imperiyasi protektoratining o‘rnatilishi. Qo‘qon xonligining bosib 
olinishi. 
Turkiston 
general-gubernatorligining 
siyosiy-ma’muriy 
boshqaruv tizimi. Turkistonda sud tizimi va harbiy politsiya tartibotining 
o‘rnatilishi. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va 
uning sabablari. Toshkentda “Vabo isyoni”. Andijon qo‘zg‘oloni. Milliy-
ozodlik harakatlarining ahamiyati. Jadidchilik harakatining vujudga 
kelishi. Jadidlarning dasturiy maqsad va vazifalari. Jadidchilik harakati 
namoyandalari va ularning faoliyati. Birinchi jahon urushining 
boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri. Turkistonda 1916-yilgi 
qo‘zg‘olonlarning boshlanishi. Jizzax qo‘zg‘oloni. Turkistonda 1916-yilgi 


voqealarning oqibatlari va ahamiyati. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida 
Buxoro amirligining davlat tuzumi. Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro 
amirligining tugatilishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva 
xonligining davlat tuzumi. Xiva xonligining tugatilishi.
1.22 
O‘zbekiston tarixi 1917-1991-yillarda. 
Turkiston o‘lkasi 1917-yil 
fevral-oktyabr oralig‘ida. Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy 
tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi. Turkiston Muxtoriyati 
– tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich. Turkiston 
o‘lkasida Sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi. Turkiston 
ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar. BXSR va XXSRda 
qizil armiyaga qarshi kurash. Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash 
hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. 
BXSRning tashkil topishi va faoliyati. Xiva xonligidagi ahvol hamda xon 
hokimiyatining ag‘darilishi. XXSRning tuzilishi va turli islohotlar. O‘rta 
Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning 
oqibatlari. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi. Sovet hokimiyatining 
O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati: uning mohiyati va oqibatlari. 
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi hamda O‘zbekistonning urush 
girdobiga tortilishi. O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va 
qahramonliklari. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida 
shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi. O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi 
o‘zgarishlar hamda Sovetlarning partiya organlariga qaramligi. 
O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari. Qayta qurish siyosati va 
uning inqirozi. Farg‘ona fojialari. O‘zbekiston mustaqillikka erishish 
ostonasida.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin