Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarni oylik ustamalar to‘lash
orqali moddiy rag‘batlantirish maqsadida saralash test sinovini o‘tkazish
uchun tarix fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
Mazkur spetsifikatsiyaga amaldagi o‘quv me’yoriy
hujjatlarga muvofiq
qo‘shimcha, o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilishi mumkin.
1.
Test topshiriqlarining qo‘llanishi
Spetsifikatsiya
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog
kadrlarni tarix fanidan
oylik ustamalar to‘lash orqali moddiy rag‘batlantirish
maqsadida saralash test
sinovlarini o‘tkazish uchun o‘qituvchilarning bilim
darajasini aniqlab berishga
mo‘ljallangan.
2. Test sinovi topshiriqlarining mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlan darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan fan dasturi;
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim
uchun
tarix fanidan takomillashtirilgan o‘quv dasturi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi
vaziri
jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘ridsida” 2022-yil 2-
avgustdagi VM-425-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya
tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-
noyabrdagi PQ-4884-son qarori.
3. Tarix fanidan shakllantiriladigan test variantining tarkibi
Tarix fanidan mutaxassislik fani sifatida shakllantiriladigan
test varianti
talabgorlarning nazariy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi
bilan birga mantiqiy
fikrlashi, masala va topshiriqlarni bajara olish
qobiliyati va fanga oid
kompetensiyalarni tekshirishga yo‘naltirilgan test topshiriqlaridan tarkib topadi.
Test topshiriqlarining soni hamda baholash mezonlari tegishli vazirlik va idoralar
bilan kelishiladi.