U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Induksiya va deduksiya
biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro 
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga 
qarab harakati 
induksiya
, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon 
harakati 
deduksiya 
deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda
ikki tomonlama 
yondashuv usuli. 
Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l 
qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
6
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda 
taqqoslash, statistik, 
matematik va grafik usullaridan
keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda 
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini 
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, 
ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi. 
Iqtisodiy o‘quv adabiyotlarida mikroiqtisodiy tahlilning ko‘plab usullari, 
jumladan, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm), 
6
Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof.Sh.Shodmonov, dots. G.Baubekova tomonidan chiqarilgan 
«Инновационные методы в преподавании экономической теории» kitobida batafsil bayon etilgan. 


18 
funksional tahlil, mikroiqtisodiy modellashtirish, grafik usul kabilar keng bayon 
etilgan. Quyida mazkur usullarning asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz. 
So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm).
 
19-
asrning ikkinchi yarmida me’yoriy foydalilik va me’yoriy unumdorlik yoki 
marjinalizm (marginal (ingl.) - me’yoriy) nazariyasi shakllandi. Marjinalizm 
nazariyasi – bu xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida sub’ektning ruhiyati 
nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil. Mazkur sub’ekt iqtisodiy 
jarayonda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikdan olinishi mumkin bo‘lgan 
me’yoriy foyda yoki me’yoriy yo‘qotishlarga eng avvalo xususiy baholash orqali 
yondoshadi. Bunday baholashlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif, 
narx nazariy jihatdan izohlab beriladi.
 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin