U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
 


13 
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari 
 
Boshqa fanlar singari, iqtisodiyot nazariyasi fanining amalda vujudga kelishi 
tadqiqot predmetining shakllanishi bilan birga uning bilish usulining qaror 
topishiga ham bog‘liqdir. 
Uslubiyat
— bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, 
yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish 
dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. U 
iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga umumiy yondashuv, haqiqatni yagona va yaxlit 
holda tushunish, yagona falsafiy asosning mavjudligini taqozo etadi. Uslubiyat 
asosiy masala, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi u yoki bu iqtisodiy tizimning amal 
qilishi va yanada rivojlanishini qanday ilmiy usullar, vositalar orqali bayon 
etilishini hal etishga yordam berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi uslubiyatida bir 
necha asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1)
sub’ektiv; 
2)
neopozitiv-empirik; 
3)
ratsionalistik; 
4)
dialektik.
Sub’ektiv yondashuvda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda 
xo‘jalik yurituvchi alohida sub’ekt nuqtai-nazaridan kelib chiqiladi. Ayniqsa, 
mazkur yondashuvdan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi, alohida bozor 
ishtirokchilarining xulq-atvorlarini bayon etishda keng foydalaniladi. 
Neopozitiv-empirik yondashuv iqtisodiy hodisa va jarayonlarni nisbatan 
mukammalroq o‘rganish hamda baholashga asoslanadi. Tadqiqotning diqqat 
markazida bilishning texnik apparati maydonga chiqib, u bilish vositasidan uning 
predmetiga (matematik apparat, ekonometrika, kibernetika va h.k.) aylanadi. 
Tadqiqot natijasi bo‘lib esa asosiy kategoriyalardan iborat bo‘lgan turli 
ko‘rinishdagi iqtisodiy modellar maydonga tushadi.
Ratsionalistik yondashuv insoniyat taraqqiyotining tabiiy yoki ratsional 
qonunlarini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tizimni, uni tartibga 
soluvchi iqtisodiy qonunlarni, jamiyatning iqtisodiy tuzilishini tadqiq qilishni 
taqozo etadi. Shuningdek, iqtisodiy ratsionalizm konsepsiyasi mikroiqtisodiy 


14 
tahlilda keng qo‘llaniluvchi qoidalardan biri hisoblanadi. Uning asosida iqtisodiy 
sub’ektning mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal 
xarajatlar asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o‘z 
sub’ektiv manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan 
foydalanishning muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki, 
o‘zlarining ratsional hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy sub’ektlar 
tanlash erkinligiga ega bo‘lishlari lozim.
Ratsionallik darajasiga ko‘ra uning ikki turi farqlanadi: 
1.
To‘liq ratsionallik. Bu ko‘proq nazariy tasavvur bo‘lib, unda iqtisodiy 
sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar 
bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat 
sharoitidagi maksimal foyda). 
2.
Cheklangan ratsionallik. Bunda axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning 
qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning 
mumkin emasligini aks ettiradi. Bunday holatda qarorlar qisman tajriba, intuitsiya 
va boshqalar asosida qabul qilinib, ulardan olinadigan sof foyda nisbatan kamroq 
bo‘ladi.
Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan 
kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat 
umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin