9
mikroiqtisodiyot; mezoiqtisodiyot; makroiqtisodiyot; jahon iqtisodiyoti.
3
Bundan
ko‘rinadiki, ko‘pchilik darslik va o‘quv qullanmalarda mavzularni bo‘limlarga
ajratishda ma’lum darajada erkinlik mavjud bo‘lsada, mazmun va mohiyat
jihatidan umumiy tavsif kasb etuvchi yondashuvlar ham uchraydi. Shulardan biri –
iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga iqtisodiyotning turli darajalaridan
kelib chiqqan holda yondashuv hisoblanadi.
Ushbu
o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligidagi
magistratura talabalariga mo‘ljallanganligi hamda
unda bakalavriat kursidagi
nazariy muammolar nisbatan kengroq va chuqurroq darajada o‘rganilishi
zarurligini hisobga olib, barcha mavzularni ikki – mikrodaraja va mikrodarajadagi
iqtisodiy tizim nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq, deb
hisoblaymiz.
Ma’lumki, iqtisodiyot asosan ikki sohaga bo‘linadi: mikroiqtisodiyot va
makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o‘z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy sub’ektlar
faoliyatini oladi:
1.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari,
zamindorlar, firmalar va hokazo.
2.
Alohida bozorlar – ishlab chiqarish vositalari bozori, ishchi kuchi bozori,
iste’mol mollari bozori va hokazo.
3.
Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo.
Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan
bog‘langan (mamlakatdagi
ishsizlik, inflyasiya darajasi, foiz stavkasining
o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab
oladi. Biroq, keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara
yo‘qolib bormoqda. Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi
tahlilning uzviy davomiga aylanib bormoqda.
Shuningdek, ba’zi bir olimlar
tomonidan mikro- va makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlarini
3
Qaralsin: Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: TK Velbi, Izd-vo
Prospekt, 2005.
10
umumlashtiruvchi oraliq daraja – mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish
zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham uchramoqda.
4
Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab
chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar
asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi.
Iqtisodiy
nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq
aniqlikka ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning
o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab
berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan
tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib,
takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Nazariya barcha hodisalar uchun
bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari
hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi.
Jumladan, R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli
kitobida 2 xil o‘zaro bog‘liq nazariyaning muammoning echimini topishdagi
qo‘llanishi misol tariqasida keltiriladi (1-jadval):
Dostları ilə paylaş: