U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

3-chizma. Talabning o‘sishi
Jami daromadning oshishi nonga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi – 
xaridorlar narx o‘zgarmagan sharoitda ko‘proq non sotib olish imkoniga ega 
bo‘ladilar. Bu talab egri chizig‘ining o‘ng-yuqori tomonga siljishi orqali 
ifodalanadi.
Non narxining oshishi taklif talab bilan tenglashgunga qadar davom etadi. 
Nonning muvozanatlashgan narxi va taklifi qiymati oshadi. 
Shu kabi, unning narxi oshgan taqdirda non taklifi kamayadi (5-chizma). 
Unning narxi oshganda non taklifi qisqaradi – nonni sotishdan olinadigan 
naf kamayib, ishlab chiqarish qisqaradi. Bu holat taklif egri chizig‘ining chap-
yuqoriga siljishi bilan ifodalanadi. Talab va taklif egri chiziqlarining yangi 
kesishish nuqtasi hosil bo‘ladi. Nonning muvozanatlashgan narxi o‘sib, 
muvozanatlashgan miqdori kamayadi. Shunday tarzda model jami daromad yoki 
un narxining o‘zgarishi qanday qilib non bozoriga ta’sir ko‘rsatishini yaqqol 
namoyish etadi. 
E
2
E
1


23 
P S

S

P
e2
P
e1

0 Q
e1
Q
e2

5-chizma. Taklifning qisqarishi
Pozitiv va normativ tahlil.
 
Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy 
hodisa va jarayonlarni tushuntirish va bashoratlash uchun xizmat qiladi. Normativ 
tahlil esa iqtisodiyot qanday holda samarali amal qilishini, iqtisodiy jarayonlar o‘z 
natijasini berishini o‘rganadi. 
Grafik usul.
 
Iqtisodiy tadqiqotlarda grafik usul muhim o‘rin tutadi. 
Grafiklar turli iqtisodiy omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik va aloqalarni 
ko‘rgazmali tasvirlash vositasi hisoblanadi. Bu omillarning ba’zilari mustaqil 
o‘zgaruvchi hisoblansa, boshqa birlari bog‘liq o‘zgaruvchi hisoblanadi. 
O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘liqlik grafik tarzda koordinatalar o‘qida 
o‘sib boruvchi chiziq shaklida tasvirlanadi. Teskari aloqa esa pasayib boruvchi 
chiziq shaklini oladi. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar uchun 
koordinatalar o‘qini tanlash ixtiyoriy ravishda, qulaylik va yaxshiroq ifodalash 
tamoyili asosida amalga oshiriladi. Ya’ni, bu yerda matematikadagi singari bog‘liq 
bo‘lmagan o‘zgaruvchilar faqat abssissa o‘qiga joylashtiriladi, degan qat’iy talablar 
mavjud bo‘lmaydi. Grafiklar tahlil qilinayotgan iqtisodiy o‘zgaruvchilar 
o‘rtasidagi chiziqli (to‘g‘ri chiziqlar) hamda nochiziqli (egri chiziqlar) 
bog‘liqliklarni ifodalashi mumkin.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin