Mikroiqtisodiy modellashtirish. Iqtisodiy
tadqiqotlarda
iqtisodiy
jarayonlarning soddalashtirilgan nazariyalari – modellardan foydalaniladi. Bu
modellarda, aksariyat hollarda matematik ko‘rinishda, turli iqtisodiy o‘zgaruvchilar
o‘rtasidagi nisbatalar o‘z aksini topadi. Modellarni qo‘llashning maqsadga
muvofiqligi tadqiqot davomida ahamiyatsiz bo‘lgan jihatlardan qochib, prinsipial
iqtisodiy aloqalarni ochib berishdan iborat.
Ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o‘zgaruvchilar. Odatda modellarda 2
turdagi o‘zgaruvchilardan foydalaniladi: ekzogen va endogen o‘zgaruvchilar.
Ekzogen o‘zaruvchilar tashqaridan kiritilib, ular boshlang‘ich axborot hisoblanadi.
Endogen o‘zgaruvchilar modelning «ichida» shakllanib, bu o‘zgaruvchilar modelni
hal etish natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ekzogen o‘zgaruvchilarning
qiymati model tuzilgunga qadar ma’lum bo‘ladi (1-chizma).
2-chizma. Model tuzilishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o‘zgaruvchilarning o‘rni Endogen o‘zgaruvchilar qiymati esa model bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga
oshirish chog‘ida aniqlanadi. Quyidagi rasmda modelning maqsadi qanday qilib
ekzogen o‘zgaruvchilari endogen o‘zgaruvchilariga ta’sir ko‘rsatishini ochib
berishdan iborat.
Misol. Non bozori modelining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, nonga
bo‘lgan talab miqdori (Q
d
)
nonning narxi
(P
b
)
va jami daromad(Y)ga bog‘liq
bo‘ladi. Bu bog‘liqlikni quyidagi tenglama orqali ifodalash mumkin:
Q d = D(P b , Y). Ekzogen
o‘zaruvchilar
Model
Endogen
o‘zgaruvchilar
21
Shuningdek, nonvoyxonalar tomonidan taklif etilayotgan nonning miqdori
(Q
s
) nonning narxi (P
b
) hamda non ishlab chiqarishda foydalaniluvchi unning narxi
(P
f
)dan kelib chiqadi: