Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad
hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini shiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan
daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir
qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir
ko‘rsatadi.
Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z
ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan
turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:
1)
jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday
shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor
o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli
sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar –
bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
2)
soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
144
3)
norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro
aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va
bevosita aloqalarga asoslanadi;
4)