U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

yashirin ikkalamchi iqtisodiyot
– yakka tartibdagi va kooperativ 
faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi. 
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 
 
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi.
 Milliy 
hisoblar tizimi (MHT)
– bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab 
chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar 
tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan 
boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq 
mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi. 
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va 
xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi 
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) 
summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, 
investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning 
me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi 
mumkin: 
Birinchi usul – bu YAIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha 
yondashuv.
Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan 
qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar 
bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini 
yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.


145 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin