U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Tannarx –  bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Tannarx
– 
bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning 
qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati (Q) o‘z ichiga sarflangan 
ishlab chiqarish vositalari qiymati (Q
IV
) hamda yangidan yaratilgan qiymat (Q
YA
)ni 
to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi 
foydaga (F
ya
) ajraladi. Bu holatni 6-chizma orqali ko‘rish mumkin. 
Sarflangan ishlab chiqarish 
vositalari qiymati (Q
IV

Ish haqi (IH) 
Yalpi foyda (F
ya

Mahsulot tannarxi (T) 
Mahsulot qiymati (Q) 
6-chizma. Mahsulot qiymati tarkibi. 
Foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o‘z 
mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo‘lib, bu o‘rinda mahsulot narxi, qiymati va 
tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (7-
chizma). 
N
5
N
4
Qiymat N
3
N

N

7-chizma. Tovar qiymati va narxining nisbati 
Foyda 
Tannarx 


101 
Chizmadan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past 
darajada o‘rnatilib (N
1
daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. 
Ikkinchi holatda narxning N
2
darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul 
tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat 
o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N
3
narx darajasi 
tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda 
mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N
4
narx 
darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha 
foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N
5
narx darajasini o‘rnatish 
korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (8-
chizma).

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin