U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir. 
Ichki xarajatlar – korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan 
foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar. 
Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga to‘lovlarni amalga 
oshirishga ketgan xarajatlar. 
Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o‘zgarganda 
ham miqdorini o‘zgartirmaydigan xarajatlar. 
O‘zgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etadigan 
xarajatlar. 
O‘rtacha xarajatlar – mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar. 
Qo‘shimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qo‘shimcha birligini ishlab 
chiqarishga qilinadigan xarajatlar. 
To‘g‘ri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shilib, uning tarkibiga 
kiradigan xarajatlar. 
Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib, narxda aks etadigan 
xarajatlar. 


104 
Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismi. 
Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan 
nisbatining foizdagi ifodasi. 
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi. 
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib, 
to‘lanadigan ish haqidir. 
Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi 
hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. 
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi. 
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan 
tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati. 
Ishbay-mukofot tizimi – bajarilgan ish uchun haq to‘lashni erishilgan turli 
natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib borilishini nazarda 
tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi - ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor 
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi 
to‘lanishini ko‘zda tutvchi tizim.
Tarif tizimi - ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va 
mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi 
xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar 
tizimi. 
Tarif-malaka ma’lumotnomalari - ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil 
ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar, 
turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo‘lib, ular 
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga 


105 
haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti 
hamma vaqt birga teng bo‘ladi). 
Tarif stavkalari - tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega 
bo‘lgan ishchilarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori majmui. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin