Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   318
2 5213200508969289537

QONNING MORFOLOGIK TARKIBI
Yuqorida qayd qilinganidek, qonda uning suyuq qismi -
plazmasidan tashqari uch xil shaklli elementlar, ya’ni hujayralar, 
eritrotsitlar - qizil qon hujayralari, leykotsitlar - oq qon hujayralari, 
trombotsitlar - qon plastinkachalari ham mavjud. Bu hujayralaming har 
qaysisi o‘ziga xos tuzilgan b o iib , bir qator xossa va xususiyatlarga ega
ulaming organizmda bajaradigan vazifalari ham turlicha.
48


ERITROTSITLAR QIZIL QON HUJAYRALARI
Aksariyat issiq qonli hayvonlarda, odamlarda diskasimon, tuya va 
lamalarda esa oval shaklida bo‘ladigan yadrosiz hujayralardir; amfibiya, 
reptiliya, baliqlarda va qo‘shlarda yadroli, oval shaklida bo‘ladi. Qishloq 
xo‘jalik hayvonlari eritrotsitlarining o ‘rtacha diametri 4-7 mikronga teng. 
Tarkibida 60% suv va 40% quruq modda saqlaydi. Quruq moddasining 
90% ni gemoglobin, 5,8% ni oqsillar, qolgan qismini esa lipoidlar, 
glyukoza, 
mineral 
tuzlar 
tashkil 
qiladi. 
Eritrotsitlarda 
katalaza, 
karboangidraza kabi fermentlar bor. Eritrotsitlar organizm uchun benihoya 
katta ahamiyatga ega bo'lgan hujayralardir. Chunki ular o ‘z tarkibidagi 
gemoglobinga kislorodni biriktirib olib, organizmdagi hamma organ va 
to‘qimalarga tashib beradi. Eritrotsitlar kislorod tashishdan tashqari 
karbonat angidrid va ayrim ozuqa moddalami (aminokislotalami) ham 
tashiy oladi. Eritrotsitlar qonning faol reaksiyasini gemoglobin yordamida 
bir m e’yorda ushlab turadi. Qonning ion tarkibini m e’yorida ushlab 
turishda, suv va tuzlar almashinuvida ham ishtirok qiladi.
Eritrotsitlar o‘z yuzalari bilan har xil zarrachalami ushlab olib, 
zararsizlantirishda va gormonlar tashishda ham ishtirok qiladilar. 
Eritrotsitlar ari uyasiga o ‘xshash katakchali tuzilishga ega. Gemoglobin 
ana shu katakchalarda joylashadi va eritrotsitlarga qizil rang bag‘ishlaydi. 
Ulaming qizil qon hujayralari deb atalishiga ham sabab shu. Qonning bu 
hujayralari yonidan qaralganda ikki tomonlama botiq bo‘lib ko‘rinadi 
(kulchaga o ‘xshash). Ulaming bunday tuzilishi bajaradigan funksiyasiga 
juda mos bo‘lib, tarkibidagi gemoglobinning kislorod bilan yaxshi 
birikishiga qulaylik tug‘diradi. Chunki eritrotsitdagi gemoglobinning 3% 
yaqin qismigina uning sirtqi yuzasida, qolgan qismi esa ichida 
joylashgandir. Eritrotsitlar ikki tomonlama botiq shaklida bo‘lmaganida 
edi, ulaming ichki tomonidagi gemoglobinning kislorod bilan birikishi 
qiyin kechardi.
Eritrotsitlar sirtdan oqsil-lipoidli po‘st bilan o ‘ralgan. Bu p o'st yarim 
o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lib, moddalami tanlab o‘tkazadi. U 
glyukoza, suv, anionlami, kationlardan “H ”ni, gazlar va mochevinani 
o‘tkazgan holda, oqsillar, metall kationlami o'tkazmaydi. Eritrotsitlar 
hayot uchun juda zarur hujayralar bo‘lgani uchun qon shaklli 
hujayralarining asosiy qismini tashkil qiladi. Qonning yarmidan sal 
kamroq qismi ana shu hujayralarga to‘g ‘ri keladi. Odam qonidagi barcha 
eritrotsitlami umumiy miqdori o ‘rtacha 27 trillionga yaqin. Bu raqamni 
tasaw ur qilish uchun bir necha obrazli ifodalami keltiramiz. Odam 
qonidagi barcha eritrotsitlami yonma-yon joylashtirib zanjir hosil
49


qilinganda edi, uning uzunligi 187000 km.ni tashkil qilardi. Mazkur 
eritrotsitlaming birini ustiga ikkinchisi qo‘yilsa, bu ustunning balandligi 
62000 km.ga teng bo‘ladi. Barcha eritrotsitlami sanash uchun bir minutda 
100 tadan sanalganda unga 475000 yil ketardi. Organizmdagi eritrotsitlar 
hosil qiladigan umumiy yuza juda keng bo‘lib, odamlarda 3000 m
2
ga 
teng, ya’ni tana yuzasidan 1500 barobar katta keladi. Keltirilgan raqamlar 
qonda eritrotsitlar sonining haddan tashqari ko‘p b o ‘lishini isbotlab 
turibdi. Qonda eritrotsitlar ko‘p bo‘lganligi uchun, eritrotsitlami 
sanayotgan qon tegishli ravishda
100-200
marta suyultiriladi, so‘ngra 
1
mm
3
hajm qondagi eritrotsitlaming miqdori millionlar bilan hisoblanadi. 
Har xil turdagi hayvonlaming qonida eritrotsitlar miqdori bir xil emas. 
Buni quyidagi jadvaldan ham ko‘rish mumkin. Eritrotsitlar soni to‘g ‘risida 
jadvalda keltirilgan raqamlar mutlaq bo‘lmasdan, hayvonlaming yoshi, 
jinsi, organizmning holati, yilning fasli va boshqa bir qator omillarga qarab 
o ‘zgarib turadi.
5-Jadval.
Odam va hayvonlar eritrositlarining soni va kattaligi.
Jonzotlar
1mm3 qondagi 
eritrotsitlar soni (mln. 
hisobida
Eng katta 
eritrotsitlaming 
diametri 
(micron 
hisobida)
Eritrotsitlaming 
yuzasi (kvadrat 
mikron hisobida)
Odam
5,0
4,0-5,5
-
-
Ot
7,0
6,0-9,0
5,6
79
Qoramo
1
6,5
5,0-7,5
5,1
95
Qo‘y
9,5
7,0-12,0

-
Echki
15,0
12,0-18,0
4,1
38
Tuya
13,0
12,0-16,0
4,0-7,3
-
It
6,5
5,2-8,4
7,2
-
Endigina tug‘ilgan hali onasini emmagan Qorako‘l qo‘zilaming 
1mm
3
qonida 14,5-18mln. eritrotsit bo‘lishi kuzatishlarimizda aniqlandi.
Tug‘ilishidan so‘ng 24-48 soat o ‘tishi bilan eritrotsitlaming soni 
10,5-12mln. tagacha kamayadi. Qorako‘l qo‘ylaming bo‘g ‘ozlik davrida 
eritrotsitlar bir muncha kamayadi. Tuqqanidan so‘ng bir oy chamasi o‘tishi 
bilan eritrotsitlaming miqdori bug‘ozlikdan oldingi darajasiga qaytib 
qoladi. Jismoniy ish paytida eritrotsitlar ko‘payadi. Eritrotsitlaming 
miqdori hayvonlaming zotiga ham bog‘liq. Romanov zotli qo‘ylarda
50


eritrotsitlar miqdori Kuybishev zotli qo'ylamikidan ko‘proq bo‘lishi 
tekshirishlarda aniqlangan. Eritrotsitlarning k o ‘payib ketishiga eritrotsitoz, 
kamayib ketishiga esa eritropeniya deyiladi. Eritrotsitozlar yoshlik davrida 
ovqat yegandan keyin, bug‘ozlik davrida, jismoniy ish bajarganda, dori- 
darmonlar qabul qilganda kuzatiladi, ko‘pincha turli kasalliklar kechish 
davrida kuzatiladi. Ayrim hollarda, turli kasalliklar paytida hajmi, 
kattaligi, shakli o‘zgargan eritrotsitlar uchrashi mumkin. Agarda qonda 
odatdagi, normal eritrotsitlardan katta yohud kichik eritrotsitlar uchrasa bu 
hodisa anizatsitoz deyiladi. Shakli turli-tuman xilda o‘zgargan eritrotsitlar 
uchrasa bunga poykilotsitoz deyiladi (butilka, taqa, giri, uzum shingili va 
hokazolar).
Ba’zi paytlarda eritrotsitlar yuzasida habo halqachalari va jonli 
tanachalari ham uchraydi. Tomirlardagi oqayotgan qon eritrotsitlar kavsh 
qaytaruvchi hayvonlarda va cho'chqalarda 1-1,5 oy davomida, boshqa 
hayvonlarda esa 120-160 kun atrofida yashagan eritrotsitlar taloq va 
jigarda parchalanadi. Taloq eritrotsitlar mazori deb ataladi. Eritrotsitlar 
yemirilgach, ulardan ajraluvchi temir jigarda zahira holida to ‘planib 
so'ngra ishlatiladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin