SO‘Z BOSHI
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonunlaming (1997 yil 26 avgust) ishlab chiqilishi xalq xo‘jaligini
malakali mutaxassislar bilan ta’minlash,
ishlab chiqarishni, ilg‘or fan va
texnologiyaning yangi zamonaviy xalqaro standartlar talablariga javob
beradigan asbob-uskunalari bilan jihozlash va mamlakatning rivojlangan
buyuk davlatlar qatoriga qo‘shishdek muhim dolzarb va kechiktirib
bo‘lmaydigan vazifalami qo‘ydi.
Qo‘yilgan vazifalaming
ijobiy hal etilishi, dastavval yosh avlodni
vatanni sevish, xalqga, tabiatiga qolaversa, uni tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlarining har biriga qat’iy ishonch va muhabbat ruhida tarbiyalashdan
boshlanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Bizning farzandlarimiz bizdan’ ko‘ra
kuchli, bilimdon, aqlli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart”
deb ularga
juda katta umid va ishonch bildirganki, demak ulami ulug‘ maqsad yo‘lida
tarbiyalash, har bij pedagogning ulug‘ vazifasidir.
Buning uchun davlatimiz о‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy,
siyosiy tomondan himoyalashni va ma’naviy, ma’rifiy tomondan
tarbiyalashni o‘z zimmasiga olib ijtimoiy, iqtisodiy,
tabiiy va boshqa aniq
fanlami o‘qitish uchun xalqaro talablarga javob beradigan o‘quv qo‘llanma
va darsliklar bilan ta’minlash dolzarb muammolardan biri ekanligi e’tirof
etilgan.
Ushbu taqdim etilayotgan o‘quv darsligi Oliy ta’lim tizimidagi ta’lim
oluvchi biologiya, ekologiya, tibbiyot va umumiy chorvachilik
fakultetlarining talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 0 ‘zbekiston milliy
universiteti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan (2003 y. Toshkent sh.)
namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlandi.
Dasturga
kiritilgan
11
ta
tizimning
hayotiy jarayonlami
bajarilishidagi funksiyalari, ulami tashkil qiluvchi to‘qimalar, boshqa
tashkiliy qismlari orasidagi fiziologik bog‘lanishlar to‘lig‘icha talqin
qilingan. Faqat ayrim tizimlaming organizmdagi hayotiy jarayonlami
bajarilishidagi o‘mi, funksiyalari va amaliyotdagi ahamiyati hisobga olinib
tushungan holda joylari almashtirildi. Chunki, filogenetik jihatdan qadimgi
boshqarilish mexanizmi bo‘lib, gumoral boshqarilish hisoblanadi. Turli
hujayralar va organlarda moddalar almashinuvi jarayonlari natijasida hosil
bo‘luvchi moddalar qonga va limfaga suriladi va butun tana bo‘ylab
tarqaladi. Bu moddalaming ko‘pchiligi turli organlar faoliyatiga gumoral
ravishda ta’sir etadi.
3
Aynan ana shu qadimgi gumoralli mexanizm bazasida evolyusion
rivojlanish davomida yangi-asab mexanizmi shakllangan. Bundan tashqari,
tibbiyot va veterinariya amaliyotida qon tarkibi o‘rganilganidan
keyin
organlar tizimlari faoliyatiga tavsif beriladi va tashxis qo‘yiladi. Bizning
nazarimizda bunday dasturga kiritilgan o‘zgartirishlar biologlar, ekologlar,
tibbiyot va veterinariya hakamlari bo‘lish niyatida ta’lim olayotgan
bakalavrlami fiziologik bilimlami egallashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
“Odam va hayvonlar fiziologiyasi” darsligi eng awalo umumiy
biologiya yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar
uchun mo‘ljallangan bo‘lish bilan birga mavjud “Odam fiziologiyasi”,
“Hayvonlar fiziologiyasi” darsliklaridan farqli o‘laroq
ham odam, ham
hayvonlar to‘qimalar, organlar tizimlarida kechayotgan hayotiy jarayon-
larga qiyosiy talqin berilganligi sababli, tibbiyot hamda veterinariya
fakulteti talabalari uchun ham fiziologiyani o‘rganishda zarur ommabop
darsliklardan bo‘lib xizmat etadi deb umid qilamiz.
Ushbu lotin alifbosida o‘zbek tilida yozilgan dastlabki darslik bo‘l-
ganligi sababli, ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi
mumkin. Shu sababli o'quvchilarimizdan darslikni yanada yangi ma’lu-
motlar bilan
boyitish, qanday yo‘llar bilan talabalarga manzur bo‘ladigan
tomonlarini yoritish mumkmligini, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami tuzatish
haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini kutib qolamiz va
oldindan minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Dostları ilə paylaş: