1. Fizikaviy ta’sirotchilar - mexanik, harorat, elektrik, yorug‘lik -
turli uzunlikdagi elektromagnit to‘lqinlar, ko‘zga ko‘rinadigan va
ko‘rimnaydigan infraqizil
va ultrabinafsha nurlar, radioaktiv nurlar
(radioaktivli, «nishonlangan atomlar», alfa- , beta- va gamma nurlari,
Rentgen nuri).
2. Kimyoviy ta’sirotchilar - kislotalar,
ishqorlar, tuzlar, zaharlar va
boshqalar.
3. Biologik ta’sirotchilar -
hayvonlar, o‘simliklar, oliy darajada
rivojlangan hayvonlar, tana yuzasiga ta’sir ko‘rsatuvchi mikroblar va
viruslar, ya’ni organizmni ichki muhitiga kiruvchi mikroblar va viruslar.
Bulardan tashqari ta’siri bir vaqtda yuzaga keluvchi fizikaviy va
kimyoviy ta’sirlar beruvchi fiziko-kimyoviy ta’sirotchilar ham mavjud
bo‘lib, ularga ionlovchi radioaktiv nurlar, osh tuzi kiradi.
Ta’sirotchilar faqatgina o‘zlarining sifati
bilan bir-biridan farq
qilmay, balki ta’sir kuchi bo‘yicha ham farq qiladi. Bitta ta’sirotchining
o ‘zi kuchi bo‘yicha kuchsiz, o‘rtacha va kuchli bo'lishi mumkin, bu uning
dozasiga bog'liq bo‘ladi. Ta’sirotchilar tashqaridan organizmni tashqi
yuzasiga yoki ichki a’zolar, to‘qimalar va hujayralarga ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmni o‘rab turgan tashqi materiyaning turli shakldagi
harakatlari (elektr, mexanik va boshqalar) tashqi ta’sirotchilar hisoblanadi.
Ichki ta’sirotchilar - ichki muhitning kimyoviy tarkibining o‘zgarishi
(qon, limfa, to‘qimalararo va orqa miya suyuqliklari-likvor), hamda
organizmni turli ichki organ va to‘qimalar retseptorlariga ta’sir
etuvchi
hamda a’zolar funksiyasini o‘zgarishini keltirib chiqaruvchi mexanik
ta’sirlar va bosimni o‘zgarishi hisoblanadi.
Ta’sirotchilar organizm faoliyat ko‘rsatayotgan odatiy tabiiy
sharoitda aynan bir to‘qimaga ta’sir ko‘rsatuvchi «tabiiy» bo‘lishi ham
mumkin. Bu ta’sirotlarga o‘sha to‘qima yoki organ filo- va ontogenez
jarayonlarida moslashadi va bularga adekvat ta’sirotchilar deyiladi.
Masalan, skelet mushaklari uchun uning qo‘zg‘alish to‘lqini
harakat
nervlari orqali oqib keluvchi ta’sirotlar adekvat hisoblanadi. Adekvat
ta’sirotchilar sifatiga mos holda retseptorlar yorug‘lik, tovush, ximik, issiq,
sovuq va boshqa qo‘zg‘atuvchilar ta’sirini qabul qiluvchilar farqlanadi.
Barcha retseptorlar yoki aynan bitta retseptor tashqi yoki ichki
Dostları ilə paylaş: