Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


Abu Ali Ibn Sino  (980-1037) HAMDO ‘ STLIK MAMLAKATLARIHUDUDLRIDA VA



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   318
2 5213200508969289537

14


Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037)
HAMDO ‘ STLIK MAMLAKATLARIHUDUDLRIDA VA
0 ‘ZBEKIST0NDA FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISHI
Barcha hamdo‘stlik mamlakatlari va jumladan 0 ‘zbekistondagi 
fiziologiya fanining rivojlanishida hamyurtimiz Abu Ali Ibn Sinoning 
tibbiyot sohasidagi kuzatishlari natijasida chop etilgan besh-jildli “Tib 
qonunlari” asari muhim ahamiyatga ega.
Bundan 
tashqari 
XVIII-XIX 
asrlardan 
boshlab fiziologiyaning rivojlanishiga rus fiziolo­
giya maktabining rivojlanishi asosiy turtki bo‘ldi 
desak xato qilmaymiz. Rossiyada dastlabki fiziolo­
gik kuzatishlar XVIII asrdan boshlangan. Dastlabki 
fiziologik eksperimentlami V.F.Zuyev (1754-1794) 
A.M.Filomafitskiy , (1807-1849) 
va 
bosbqalar 
bajardilar. Dastlab nafas, qon va qon aylanishi, 
harakat fiziologiyalari, so’ngra esa tadqiqotlar- 
ning asosiy yo‘nalishi bo‘lib asab tizimining turli 
bo‘limlarming funksiyalarini o‘rganish hisoblanadi (A.N.Orlovskiy, 1821­
1856, A.A.Sokolovskiy 1822-1891 va boshq.).
Rossiya fiziologiyasining asoschisi - I.M.Sechenov (1829-1905) 
hisoblanadi. U 1862 yilda nerv markazlarida tormozlanishni va 1868 yilda 
esa ularni qo‘zg‘alishlami (jamlanishni) summatsiyasini kashf etdi. Uning 
«Bosh miya reflekslari» asarida reflektor nazariyasining asosiy 
ko‘rsatmalari qayd qilingan.
I.M.Sechenovning reflektor nazariyasi I.P.Pavlovning (1844-1936) 
asarlarida va N. Ye. Vvedenskiy (1852-1922), A.F.Samoylovlaming (1867­
1930) faol ishtiroki tufayli yanada rivojlandi.
Asab tizimi fiziologiyasidagi buyuk kashfiyotlarni I.P.Pavlovning 
ustozlari I.V.Sion (1842-1912) va F.I.Ovsyannikovlar (1827-1906) amalga 
oshirdilar.
LF.Sion, 
KAyudvich 
bilan 
hamkorlikda 
yurak 
faoliyatini 
sekinlashtiruvchi va tomirlar tonusini kengaytiruvchi, markazga intiluvchi 
nerv tolalarini kashf etdilar. U yurak faoliyatini tezlashtiruvchi; uyat 
nervining tomirlarini toraytiruvchi xususiyatini; simpatik nerv tolalari orqa 
miyaning oldingi qismidan chiqishini tamomila aniq ko'rsatdi va birinchi 
marta qo‘zg‘alish, tormozlanish jarayonlari asab tizimida o‘zaro 
munosabatda bo‘lishini aniqlab berdi. U tormozlanish ikkita bir xil 
qo‘zg‘alishlar to‘lqinining uchrashidan kelib chiqishi to‘g ‘risidagi 
gipotezani shakllantirdi.
N
15


P.V.Ovsyannikov qon aylanish tizimining markaziy asab tizimi bilan 
boshqarilishini o‘rgandi.
I.P.Pavlovning dastlabki ishlari ham yurak faoliyati va qon aylanish 
tizimining asab tizimi tomonidan boshqarilishi va uning trofik funksiyasi 
muammolariga bag‘ishlangan edi. So‘ngra I.P.Pavlov va uning shogirdlari 
birinchi marta ovqat hazmi bezlari faoliyatida asab tizimining rolini har 
tomonlama o‘rgandilar. Keyinchalik I.A.Pavlov M.I. Sechenovning bosh 
miya reflekslari haqidagi fikrlarini rivojlantirib shartli reflekslar 
tushunchasini fanga olib kirdi. I.P.Pavlovning maktabi birinchilardan 
bo‘lib 
organizm funksiyalarini tashqi muhit 
shart-sharoitlarining 
o‘zgarishiga qarab moslashishini ta’minlovchi organ sifatida bosh miya 
ishining asosiy fiziologik qonuniyatlarini ochdi. N. Ye. Vvedenskiy 
qo‘zg‘alish va tormozlanishning birligi va ulaming birinchisidan 
ikkinchisiga va aksincha bo‘lib, o‘tishi haqidagi nazariyani yaratdi, nerv 
va muskullar funksiyalarini o‘rganish bo‘yicha muhim elektrofiziologik 
ishlami bajardi. Uning shogirdi A.A.Uxtomskiy (1875-1942) nerv 
markazlarining ish tamoyillarini - dominant!ik ta’limotini asosladi, ya’ni 
keyinchalik I.P.Pavlov va N.Ye.Vvedenskiylaming nerv markazlarining 
o‘zaro munosabatlari haqidagi konsepsiyasining 
keyingi rivojlanishi 
uchun xizmat qildi, hamda qo‘zg‘alish ritmlarini asab tizimi tomonidan 
o‘zlashtirilishi haqidagi fikrlami tushuntirib berdi. A.F.Samoylov (1867­
1930) elekrofiziologiyaning rivojlanishiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi 
va nerv jarayonlarini kimyoviy yo‘l bilan uzatilish nazariyasini juda 
ajoyib tarzda rivojlantirdi.
M.I.Sechenov va I.P.Pavlovlar, ulaming shogirdlari hayvonlar 
organizmi funksiyalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarishda 
Ch.Darvin g‘oyalaridan unumli foydalandilar.
Hamdo‘stlik mamlakatlari fiziologiyasi uchun funksiyalaming 
evolyusiyasi va ulaming filo- va ontogenetik rivojlanishini o‘rganish 
xarakterlidir.
V.M.Bexterev (1857-1927) odamlar asab tizimi patologiyasida shartli 
reflekslar nazariyasini rivojlantirdi va asab tizimlarini tuzilish va 
funksiyalarini chuqur o‘rgandi. Odamlar va hayvonlarda shartli reflekslar 
usulidan foydalanib va hayvonlarda operatsiya yordamida ichki 
a’zolarining bosh miya faoliyatiga ta’sirini va ichki a’zolar faoliyatining 
bosh miya bilan boshqarilishini o‘rgandi.
Ichki a’zolar faoliyatiga bosh miyaning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha 
dastlabki muhim tadqiqot V.Ya.Daniliyevskiyga (1852-1939) taalluqlidir. 
Uning o‘zi bosh miyadagi elektr hodisalarini birinchilar qatorida o‘rgandi.
16


Sechenov, Vvedenskiy va Pavlov maktabi davomchilari, ya’ni ham- 
do‘stlik mamlakatlari, jumladan, o‘zbekistonlik fiziologlar F.Y.Yunusov, 
T.I.Is’hoqov, K.R.Rahimov, G.I.Alekseyeva, M.Sh.Shamsiyev, R.H.Hayi- 
tov va boshqalar tadqiqotlarining hozirgi zamon usullarini qo‘llash 
natijasida odamlar va hayvonlar fiziologiyasini rivojlanishiga o‘z 
hissalarini qo‘shdilar.
Ayniqsa mehnat, aviatsion, kosmik va yoshga oid fiziologiyaning 
rivojlanishida yuksalish juda yuqori, chunki funksiyalami o‘rganishning 
hozirgi zamon usullari odamlar organizmidagi fiziologik jarayonlami, 
ulami sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan o'rganish imkonini beradi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin