zaminida asosan fizik va kimyoviy qonuniyatlar mavjud deyishimiz
mumkin. Bu esa hayotiy jarayonlaming ro‘yobga
chiqishida fizik-
kimyoviy jarayonlar ulushining benihoya kattaligidan dalolat beradi.
Keyingi paytda fizika va kimyoning hayotiy jarayonlami o‘rganadigan
biokimyo va biofizika fanlari alohida-alohida, mustaqil fan bo‘lib
shakllandi. Organizmdagi hujayralar, to‘qimalar a ’zolar, a’zolar tizimlarini
tuzilish elementlaridan ajratib alohida o‘rganib bo‘lmaydi. Chunlci muayan
funksiyaning asosida ma’lum bir struktura, tuzulish shakli bo‘ladi. Shu
sababli fiziologiya anatomiya,
gistologiya, sitologiya kabi morfologik
fanlar bilan uzviy bog‘langandir. Fiziologiya fani, patologik fiziologiya,
patalogik anatomiya va boshqa klinik fanlar bilan doimiy ravishda aloqada
bo‘ladi. Zotan fiziologiya sog‘lom organizm funksiyalarini normal
sharoitda o‘rgansa, patologik fiziologiya kasal,
bemor organizm
funksiyalarini nonormal-patologik sharoitda, patologik anatomiya esa
o‘lgan tizimlardagi o‘zgarishlami o‘rganadi.
Fiziologiya fanining usullaridan, yutuqlaridan klinikada keng
qo‘llanganligi sning klinik fanlar bilan ham yaqin aloqada bo‘lishidan
dalolat beradi. Organizmning turli funksiyalarini mexanizmni
tushunib
etishda kibemetikaning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Gap shundaki so‘nggi
yillarda fiziologiyada funksiyalami modellashtirish usuli keng qo‘llanil-
moqda. Benihoya murakkab asboblar yordamida qanday bo‘lmasin
biror
funksiya mohiyatini tushuntiradigan maxsus mexanizmlar yaratilmoqda.
Ana shunday mexanizmlar-moddalar u yoki bu organizmning ishlash
tamoyillarini bilib olish, uning fimktsional mohiyatini, boshqarilish
mexanizmlarini tushunib olish imkonini bermoqda. Fiziologiya funksiya
lami tarixiy va individual taraqqiyot davrida o‘zgarib borishini o‘rganar
ekan, umumiy biologiyada evolyutsion ta’imotga, embriologiyaning
ma’lumotlariga tayanadi.
Fiziologiya chorvachilik va veterinariyaning barcha bo‘limlari
bilan
chambarchas bo‘gliq. Chunki bu ihtisosdagi fanlarga fiziologiya faqat
ilmiy asos bo‘lib xizmat qilib qolmasdan, balki ulaming yutuqlaridan keng
ko‘lamda foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun ham keng yo‘l ochib
oladi. Fiziologiyaning amaliy ahamiyati katta,
bu fanni bilmasdan turli
kasalliklar paytida organizm funksiyalarini qay tarzda va nechog‘li
buzilishini tushunib bo‘lmaydi. Hayvonlarni urchitish, oziqalantirish,
parvarish qilish, kasalliklaming oldini olish va davolashda fiziologiyani
bilish zarur.
Ayniqsa odamlar fiziologiyasining rivojlanishi muhim nazariy va
amaliy ahamiyatga ega, ya’ni o‘z
navbatida bu fan mehnat, jismoniy
9
tarbiya va sport, oziqlanish, aviatsiya, kosmik, yosh va boshqa
fiziologiyalarga ham bo‘Iinadi.
Organizmning tuzilishi va funksiyalari o ‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib,
filogenetik va ontogenetik rivojlanishlarning natijasi hisoblanaldi.
Shunday qilib funksiya bajarilishida moddalar almashinuvi o‘zgaradi, bu
esa o‘z navbatida organizmning ham funksiyasini o‘zgartirishi mumkin,
ya’ni funksiyalaming birligi va asosiy ko‘rsatkichi funksiyaning o‘zi
hisoblanadi. Morfologik o‘zgarishlar va fiziologik
jarayonlar ham bir-biri
bilan mustahkam bog‘liq. Demak, fiziologiya odam va hayvonlar
tanasining tuzilishi va uning tuzilmalarining rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganuvchi - anatomiya, organizm to'qimalarming optik va elektron
mikroskopik tuzilishi haqidagi fan-gistologiya va hujayralar hayot faoliyati
va tuzilishi haqidagi — sitologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fiziologiyaning ayrim qismlari ijtimoiy fanlaming tabiiy-ilmiy asosi bo‘lib
xizmat qiladi.
Sezgi a’zolari va asab
tizimi fiziologiyalari falsafa, psixologiya va
pedagogika bilan bevosita bog‘liqlikga ega.
Dostları ilə paylaş: