Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


FIZIOLOGIYA FANIRIVOJLANISHINING QISQACHA



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   318
2 5213200508969289537

FIZIOLOGIYA FANIRIVOJLANISHINING QISQACHA
TARIXIY SHARHI
Fiziologiya juda qadim zamonlardayoq insekami, kasalliklaming 
oldini olish va davolash uchun, ulaming organizmi va a’zolarini tuzilishini 
o‘rganishdagi tibbiyehtiyojlar tufayli yuzaga keldi. Ana shu sababli 
qadimgi Yunon va Rim hakimlari anatomiya va fiziologiyani o‘rganganlar. 
Qadimgi olimlaming fiziologik bilimlari eng awalo taxminlarga 
asoslangan edi, chunki ular viviseksiyani juda kam bajarganlar, ana shu 
sababli ko‘plab olingan ma’lumotlar tana funksiyalar haqidagi fikr va 
mulohazalar noto‘g‘ri va kamchiliklardan xoli bo‘lmagan.
XIV-XV asrlargacha juda ko'plab obyektiv va subyektiv sabablarga 
ko‘ra fiziologiya bo‘yicha olingan ma’lumotlar sir saqlangan yoki ulami 
chop qilib ommalashtirish imkoni bo‘lmagan.
Anatomiya va fiziologiya fanining rivojlanishi feodalizmning 
halokati bilan boshlandi. A.Vezaliy (1514-1564) faqatgina hozirgi zamon 
odamlar anatomiyasining asoschisigina bo‘lib qolmay, balki fiziologiyani 
muhim faktlarga boyitgan, viviseksiya usulini itlarda birinchi bo‘lib 
qo‘llagan va shu usulning asoschisi hisoblanadi. M.Servet (1511-1553) 
kichik qon aylanish doirasini har tomonlama o'rgandi, o‘pkada qoning 
o'zgarishini va ularda kapillyarlar mavjudligini taxmin qildi.
aniqlab beradi.
I.M.Sechenov
(1829-1905)
12


Anatom Fabriskiy (1537-1619) venalarda klapanlar borligini kasshf
Ingliz hakimi Uilyam Garvey (1578-1657) 
hayvonlarda 
o‘tkir 
tajribalar 
va 
odamlardagi 
kuzatishlarga asosan katta qon aylanish doirasini 
o‘rgandi. 

o‘zining 
xulosalarini 
hayvonlarda 
o‘tkazilgan 
viveseksiya 
tajribalarining 
natijalari 
asosida yozdi. 
Uning 
ilmiy 
ishlari 
fiziologik 
jarayonlami 
aks 
ettirganlaigi 
sababli, 
hozirgi 
eksperimental fiziologiyaning asoschilaridan biri deb 
yuritiladi.
XVI asming birinchi yarmida tabiatshunos va faylasuf Rene Dekart 
(1596-1650) hayvonlarda viviseksiya va odamlarda kuzatishlar o'tkazib, 
yurakni roli va ovqat hazmini o‘rgandi. Uning fiziologiyada kashf etgan 
asosiy yangiligi ko‘zning to‘r pardasiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan yumish 
aktini 
o'rganish 
asosida 
olgan 
shartsiz 
reflekslami 
tushuntirib 
berganligidir.
Dekartining refieks 
haqidagi 
ko‘rsatmalari 
chexiyalik olim 
I.Proxaskianing (1749-1820) keyingi ishlarida rivojlantirildi.
Italiyalik fiziolog va fizik A.Galvani (1737-1798) — elektr 
nazariyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. U baqaning nerv va 
mushaklarida elektr tokini hosil bo‘lish mexanizmini bir vaqtaing o‘zida 
ikkita turli metal (temir va mis) yordamida muskullaming qisqarishini, 
so‘ngra nervlarda ham elektr toki mavjudligini ko‘rsatib berdi. Italiyalik 
fizik va fiziolog A.Volt (1745-1827) nervlar va muskullarga bir vaqtaing 
o‘zida ikki xildagi metallar bilan ta’sir ko‘rsatilganda ulaming ozlarini 
elektr xususiyati emas, balki tashqi elektr toki ta’sir etishini tushuntirib 
berdi. U elektr toki sezgi a’zolarini nervlar va mushaklami qo‘zg‘atishini 
aniqladi. Shunday qilib Galvani va Voltlar elektrofiziologiyaning 
asoschilari bo‘lib qolishdi. Bu ishlar keyinchalik nemis fiziologi D. R 
(1818-1896) yillarida yanada rivojlantirildi.
A.D.Daniliyevskiy (1838-1986) tomonidan hazm fermentlari va 
oqsillar sintezlanishida fermentlaming rolini o'rganish bo‘yicha olib 
borilgan biokimyoviy tadqiqotlar fiziologiya uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi.
XIX asrdagi fiziologiyadagi yuksak rivojlanishlar viviseksiya usuli 
bilan birgalikda organizm funksiyalarini va uning kimyoviy tarkibini 
o‘rganish bo‘yicha ximik va fizik tadqiqotlaming yutuqlariga asoslangan 
edi. Bu yo‘nalish juda yuqori darajada rivoj topdi.
etdi.
U.Garvey 
(1578-1657)
XVI asming
13


Ch.Bell (1783-1855) o ‘z tadqiqotlarida markazga intiluvchi 
(sezuvchi) va markazdan qochuvchi nervlar alohida-alohida bo'lishini 
ko‘rsatib berdi. Ch. Bell muskullar sezuvchanligini aniqlab, miya 
markazlari bilan skelet mushaklari orasida nerv-reflektor xalqa 
mavjudligini tasdiqladi.
F.Majandi asab tizimining trofik funksiyasini - organ va to'qimalarda 
moddalar almashinuvining boshqarilishida asab tizimining ta’sirini 
o‘rganib chiqdi.
Majandining shogirdi Klod Bemar (1813-1878) 
juda ko‘plab muhim fiziologik kashfiyotlar qildi, u 
so‘lak va me’da osti bezi shiralarining hazmlovchi 
ahamiyatini, jigarda uglevodlar sintezini va qonda qand 
miqdorini ta’min etishdagi rolini, uglevodlar almashi- 
nuvida va qon-tomirlar devorlari faoliyatini boshqarili­
shida asab tizimining roli, nervlaming juda ko‘plab 
funksiyalarini ochdi, qon bosimi, qon tarkibidagi gazlar, 
(1813-1878) 
nery ya muskijllaming elektr toklari va boshqa ko‘pgina 
muammolami yechishda faollik ko‘rsatdi.
K.Bemaming ko‘rsatishicha organizmning juda ko‘plab muhim 
funksiyalari asab tizimi bilan boshqariladi.
0 ‘tgan XX asrda I. I. Myuller (1801-1855) va uning shogirdlari ham 
fiziologiyaning rivojlanishiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishdi. Ular 
juda ko'plab anatomiya, qiyosiy anatomiya, gistologiya, embriologiya
sezgi a’zolari fiziologiyasi, tovush. apparati va reflekslar bo‘yicha 
o‘tkazilgan ko'plab tajribalar ularga taalluqlidir. Uning shogirdi 
T.Gelmgols (1821-1894) fizika, ko‘rish va eshitish, nerv va muskullar 
tizimi fiziologiyalari bo‘yicha muhim kashfiyotlar qildi.
Hozirgi zamon fiziologiyasining rivojlanishiga: nerv jarayonlarining 
tabiatini o‘rganish bo‘yicha (A. Xodjkin, A. Xaksli va boshqalar), asab 
tizimlarining faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari bo‘yicha (Ch.Sherington, 
R.Magkus, D. Ekkls va boshq.) va sezgi a’zolari ( R. Granit) nerv 
moddalarining ishtiroki (G. Deyl, D. Kaxmansek, M. Bakk va boshq.), 
miya sopining funksiyalari bo‘yicha (G.Megun, G.Morushin va boshq.) 
bosh miya (Yu.Konorskiy) yurak-tomirlar (E. Starling, K. Ungters, K. 
Gaymans va boshq.) ovqat hazmi bo‘yicha (V. M. Beyms, A. Ayvi va 
boshq.) buyraklar faoliyati bo‘yicha (A. Keshki, A. Richards va boshq.) 
o‘zlarining hissalarini qo‘shdi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin