ERITROTSITLAR QIZIL QON HUJAYRALARI
Aksariyat issiq qonli hayvonlarda, odamlarda diskasimon, tuya va
lamalarda esa oval shaklida bo‘ladigan yadrosiz hujayralardir; amfibiya,
reptiliya, baliqlarda va qo‘shlarda yadroli, oval shaklida bo‘ladi. Qishloq
xo‘jalik hayvonlari eritrotsitlarining o ‘rtacha diametri 4-7 mikronga teng.
Tarkibida 60% suv va 40% quruq modda saqlaydi. Quruq moddasining
90%
ni gemoglobin, 5,8% ni oqsillar, qolgan qismini esa lipoidlar,
glyukoza,
mineral
tuzlar
tashkil
qiladi.
Eritrotsitlarda
katalaza,
karboangidraza kabi fermentlar bor. Eritrotsitlar organizm uchun benihoya
katta ahamiyatga ega bo'lgan hujayralardir. Chunki ular o ‘z tarkibidagi
gemoglobinga kislorodni biriktirib olib, organizmdagi hamma organ va
to‘qimalarga tashib beradi. Eritrotsitlar kislorod tashishdan tashqari
karbonat angidrid va ayrim ozuqa moddalami (aminokislotalami) ham
tashiy oladi. Eritrotsitlar qonning faol reaksiyasini gemoglobin yordamida
bir m e’yorda ushlab turadi. Qonning ion tarkibini m e’yorida
ushlab
turishda, suv va tuzlar almashinuvida ham ishtirok qiladi.
Eritrotsitlar o‘z yuzalari bilan har xil zarrachalami ushlab olib,
zararsizlantirishda va gormonlar tashishda ham ishtirok qiladilar.
Eritrotsitlar ari uyasiga o ‘xshash katakchali tuzilishga ega. Gemoglobin
ana shu katakchalarda joylashadi va eritrotsitlarga qizil rang bag‘ishlaydi.
Ulaming qizil qon hujayralari deb atalishiga ham sabab shu. Qonning bu
hujayralari yonidan qaralganda ikki tomonlama botiq bo‘lib ko‘rinadi
(kulchaga o ‘xshash). Ulaming bunday tuzilishi bajaradigan funksiyasiga
juda mos bo‘lib, tarkibidagi gemoglobinning kislorod bilan yaxshi
birikishiga qulaylik tug‘diradi. Chunki eritrotsitdagi gemoglobinning 3%
yaqin qismigina uning sirtqi yuzasida, qolgan qismi esa ichida
joylashgandir. Eritrotsitlar ikki tomonlama botiq shaklida bo‘lmaganida
edi, ulaming ichki tomonidagi gemoglobinning
kislorod bilan birikishi
qiyin kechardi.
Eritrotsitlar sirtdan oqsil-lipoidli po‘st bilan o ‘ralgan. Bu p o'st yarim
o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lib, moddalami tanlab o‘tkazadi. U
glyukoza, suv, anionlami, kationlardan “H ”ni, gazlar va mochevinani
o‘tkazgan holda, oqsillar, metall kationlami o'tkazmaydi. Eritrotsitlar
hayot uchun juda zarur hujayralar bo‘lgani uchun qon shaklli
hujayralarining asosiy qismini tashkil qiladi. Qonning yarmidan sal
kamroq qismi ana shu hujayralarga to‘g ‘ri keladi. Odam qonidagi barcha
eritrotsitlami umumiy miqdori o ‘rtacha 27 trillionga yaqin.
Bu raqamni
tasaw ur qilish uchun bir necha obrazli ifodalami keltiramiz. Odam
qonidagi barcha eritrotsitlami yonma-yon joylashtirib zanjir hosil
49
qilinganda edi, uning uzunligi 187000 km.ni tashkil qilardi. Mazkur
eritrotsitlaming birini ustiga ikkinchisi qo‘yilsa, bu ustunning balandligi
62000 km.ga teng bo‘ladi. Barcha eritrotsitlami sanash uchun bir minutda
100 tadan sanalganda unga 475000 yil ketardi. Organizmdagi eritrotsitlar
hosil qiladigan umumiy yuza juda keng bo‘lib, odamlarda 3000 m
2
ga
teng, ya’ni tana yuzasidan 1500 barobar katta keladi. Keltirilgan raqamlar
qonda eritrotsitlar sonining haddan tashqari ko‘p b o ‘lishini isbotlab
turibdi. Qonda eritrotsitlar ko‘p bo‘lganligi uchun, eritrotsitlami
sanayotgan
qon tegishli ravishda,
100-200
marta suyultiriladi, so‘ngra
1
mm
3
hajm qondagi eritrotsitlaming miqdori millionlar bilan hisoblanadi.
Har xil turdagi hayvonlaming qonida eritrotsitlar miqdori bir xil emas.
Buni quyidagi jadvaldan ham ko‘rish mumkin. Eritrotsitlar soni to‘g ‘risida
jadvalda keltirilgan raqamlar mutlaq bo‘lmasdan, hayvonlaming yoshi,
jinsi, organizmning holati, yilning fasli va boshqa bir qator omillarga qarab
o ‘zgarib turadi.
5-Jadval.
Odam va hayvonlar eritrositlarining soni va kattaligi.
Jonzotlar
1mm3 qondagi
eritrotsitlar soni (mln.
hisobida
Eng katta
eritrotsitlaming
diametri
(micron
hisobida)
Eritrotsitlaming
yuzasi (kvadrat
mikron hisobida)
Odam
5,0
4,0-5,5
-
-
Ot
7,0
6,0-9,0
5,6
79
Qoramo
1
6,5
5,0-7,5
5,1
95
Qo‘y
9,5
7,0-12,0
5Д
-
Echki
15,0
12,0-18,0
4,1
38
Tuya
13,0
12,0-16,0
4,0-7,3
-
It
6,5
5,2-8,4
7,2
-
Endigina tug‘ilgan hali onasini emmagan Qorako‘l qo‘zilaming
1mm
3
qonida 14,5-18mln. eritrotsit bo‘lishi kuzatishlarimizda aniqlandi.
Tug‘ilishidan so‘ng 24-48 soat o ‘tishi bilan eritrotsitlaming soni
10,5-12mln. tagacha kamayadi. Qorako‘l qo‘ylaming bo‘g ‘ozlik davrida
eritrotsitlar bir muncha kamayadi. Tuqqanidan so‘ng bir oy chamasi o‘tishi
bilan eritrotsitlaming miqdori bug‘ozlikdan oldingi darajasiga qaytib
qoladi. Jismoniy ish paytida eritrotsitlar ko‘payadi. Eritrotsitlaming
miqdori hayvonlaming zotiga ham bog‘liq. Romanov zotli qo‘ylarda
50
eritrotsitlar miqdori Kuybishev zotli qo'ylamikidan ko‘proq bo‘lishi
tekshirishlarda aniqlangan. Eritrotsitlarning k o ‘payib ketishiga eritrotsitoz,
kamayib ketishiga esa eritropeniya deyiladi. Eritrotsitozlar yoshlik davrida
ovqat yegandan keyin, bug‘ozlik davrida,
jismoniy ish bajarganda, dori-
darmonlar qabul qilganda kuzatiladi, ko‘pincha turli kasalliklar kechish
davrida kuzatiladi. Ayrim hollarda, turli kasalliklar paytida hajmi,
kattaligi, shakli o‘zgargan eritrotsitlar uchrashi mumkin. Agarda qonda
odatdagi, normal eritrotsitlardan katta yohud kichik eritrotsitlar uchrasa bu
hodisa anizatsitoz deyiladi. Shakli turli-tuman xilda o‘zgargan eritrotsitlar
uchrasa bunga poykilotsitoz deyiladi (butilka, taqa, giri,
uzum shingili va
hokazolar).
Ba’zi paytlarda eritrotsitlar yuzasida habo halqachalari va jonli
tanachalari ham uchraydi. Tomirlardagi oqayotgan qon eritrotsitlar kavsh
qaytaruvchi hayvonlarda va cho'chqalarda 1-1,5 oy davomida, boshqa
hayvonlarda esa 120-160 kun atrofida yashagan eritrotsitlar taloq va
jigarda parchalanadi. Taloq eritrotsitlar mazori deb ataladi. Eritrotsitlar
yemirilgach, ulardan ajraluvchi temir jigarda zahira holida to ‘planib
so'ngra ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: