3-Jadval. '
Odam va hayvonlar qonidagi elimentlaming miqdori, mg%
Kim yoviy elementlar
№
Hayvonlar
Natriy
Kaliy
Kalsi
У
Magniy
Umumiy
fosfor
Organi
к fosfor
Xlor
1.
Odamlar
280,0
350,0
18,0
20,0
9,0
11,0
*
о
«р
320.0
360.0
2.
Ot
320,0
18,0
12,0
2,5
12,5
4,8
360,0
3.
Qoramol
330,0
19,0
11,0
3,5
11,0
5,0
370,0
4.
Q o‘y
325,0
19,0
11,5
2,5
11,5
6,0
370,0
Oqsillar cho‘ktirilganidan keyin plazmada
biroz miqdordagi azot
saqlovchi boshqa moddalar qoladi: polipeptidlar, aminokislotalar,
mochevina, siydik kislotasi, kreatin, kreatinin, bilirubin va boshqalar.
Mochevinaning miqdori, odatda 20-30 mg % dan oshmasada, oqsillarga
boy ovqatlar bilan ovqatlangandan keyin bir muncha ortadi. Agarda
mochevinaning ortgan miqdori
uzoq muddat saqlanib qolsa, bu paytda
kuchli zaharlanish holati yuz beradi, siydik kislota plazmani 3-4 mg % ni
tashkil etadi. Uning miqdori ikki marta ortishi mumkin, bunday holat
ayrim (podagra) kasalliklar paytida moddalar almashinuvi buzilishi tufayli
yuz beradi. Plazmada kreatinin miqdori (1-2 mg % ) odatda qat’iy
doimiylik bilan ajralib turadi, uning miqdori muskul to‘qimalar
parchalanganda ortishi mumkin. Oqsilsiz moddalaming azoti qoldiq azot
deb yuritiladi va oqsillar cho‘ktirilganidan keyin filtrda qoladi.
Plazmadada azotsiz
organik moddalardan glyukoza, lipoidlar, yog‘
kislotalari, xolesterin va boshqalar saqlanadi.
Plazmaning mineral moddalariga natriy, kalsiy, kaliy, magniy, temir,
mis kationlari va xlor, ko‘mir, sulfat va fosfor kislotalarining anionlari
kiradi. Ayniqsa natriy (320 mg %) va xloming (360-380 mg %) miqdori
kattadir. Yod, rux va boshqa moddalaming miqdori juda kam bo‘lishi bilan
ajralib turadi.
Plazmaning osmotik bosimi. Erituvchining molekulasi idish ichidagi
eritma bilan yarim o‘tkazuvchi membrana yoki po‘stloq orqali har ikki
tomonga o‘tadi. Ammo eritma tomonga qarab toza erituvchi tomonga
nisbatan ko‘proq molekula o‘tadi. Bunday bir tomonda qarab harakatning
ustunligi osmos deb ataladi. Eritmaga kimvchi
va chiquvchi erituvchi
molekulalar miqdorini tenglashtirish uchun eritma tomonidan yarim
o'tkazgich po‘stloqqa bosimni oshirish talab etiladi. Yarim o‘tkazgich
po‘stloqdagi tenglikni ta’min etuvchi bosimga osmotik bosim deyiladi. Bu
42
bosim esa erigan moddalar konsentrasiyasiga bog‘liq boiadi. Bu
konsentrasiya qancha yuqori bo‘lsa, tenglikni ta’min etish uchun yarim
o‘tkazgich po‘stloqqa shuncha yuqori kuch talab qilinadi, demak ushbu
eritmaning osmotik bosimi yuqoridir. Agarda yarim o‘tkazgich po‘stloqni
turli tomonidagi turgan eritmalarning konsentrasiyasi har xil bo‘Isa, bu
paytda erituvchining harakati yuqori konsentrasiyali eritma tomon, ya’ni
osmotik bosimi yuqori bo‘lgan tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Organizmda qon tomirlar devorlari, yarim o‘tkazgich po‘stloq
vazifasini bajaradi va uning bir tomonida qon tursa,
ikkinchi tomonida
to'qima suyuqligi turadi. Qon plazmasining unda erigan va
mavjud
elektrolitlar ionlari, oqsil molekulalari va boshqa organik moddalar
hisobiga hosil bo‘lgan osmotik bosim krioskopiya usuli bilan aniqlanadi.
Ma’lumki, eritmada erigan moddalaming konsentrasiyasi qancha yuqori
bo‘lsa, uning muzlash harorati shuncha past bo‘ladi. Eritmaning muzlash
harorati 0°dan past bo‘lishini ko‘rsatuvchi miqdori, ya’ni kimyoviy toza
suvning muzlash harorati depressiya ko'rsatkichi deb ataladi.
Odam va
boshqa,sut emizuvchilar qonining hamda to‘qimalararo suyuqligining
depressiya ko‘rsatkichi 0,6
ga yaqin, bu 37° dagi osmotik bosimning 8
atmosferasiga yaqinligini ko‘rsatadi.
Bir xil osmotik bosimga ega eritmalar izotonik eritmalar deyiladi.
Qon va boshqa organizmning hujayralari o‘zlarining mo‘tadil faoliyatini
izotonik muhitda namoyon qiladi. Osh tuzi eritmasi qonga izotonikdir va
shuning uchun fiziologik eritma ham deb yuritiladi. Ionlar konsentrasiyasi
katta va yuqori osmotik bosimli eritmalar gipertonik va aksincha kam
konsentrasiyali va past bosimli eritmalar gipotonik eritmalar hisoblanadi.
Glyukoza, mochevina va boshqa organik birikmalar qonning osmotik
bosimini hosil bo‘lishida unchalik muhim rol o ‘ynamaydi, chunki ular
plazmada tuzlarga nisbatan kam miqdorda saqlanadi va ularga nisbatan
juda katta molekulyar og'irlikka ega. Plazma oqsillari bundan mustasno.
Ular qonning umumiy osmotik bosimini 1 % dan kam miqdorini
ta’minlydi. Qon tomirlar devorlari elektrolitlar uchun yengil o‘tkazuvchan
sanaladi. Elektrolitlar qon va to‘qimalar limfasida bir xil konsentrasiyada
bo‘ladi va ular osmotik hodisalami yuzaga kelishiga sabab bo'laolmaydi.
Oqsillarni tomirlar devorlari o‘tkazmaydi.
Shu sababli, tomirlar
devorlarining har ikki tomonida ulaming konsentrasiyasi to‘qimadan
qancha va aksincha yo‘nalishidagi suvning harakatiga bog‘liq. Ochlik
davridagidek qon tarkibida oqsillar miqdori kamaysa, suyuqlik odatda
tomirlardan to‘qima limfalariga qarab harakatlanadi, bu esa shishchalami
keltirib chiqaradi. Bu esa qonning oqsillari tomonidan hosil qiladigan
43
bosimga onkotik bosim deyiladi. Onkotik bosim tuzlar hosil qiladigan 7-8
atmosferali osmotik bosimning simob ustuni hisobida aytganda 25-30mm
keladigan qismini tashkil qiladi.
Oqsillar yirik molekulali, kolloid
moddalar bo‘lganligi sababli plazmada erigan tuz zarrachalarining
miqdoriga qaraganda o‘n barobar miqdorda ortiq bo‘lsa-da, hosil qilgan
onkotik bosimi tuzlar hosil qiladigan osmotik bosimning 1/200 qismini
(25-30mm simob ustuniga teng keladigan qismini) tashkil qiladi xalos.
Yuqori molekulali oqsillar tomirlarning devorlaridan o‘ta olmaydi, ular
tomir ichida qolib, belgili miqdorda suvni ushlab turadi. Demak, onkotik
bosim to‘qima oralig‘iga plazmadan suvning ortiqcha chiqib ketishiga
to‘sqinlik qiladi. Onkotik bosimning oshishida to‘qima oraliq suyuqligidan
belgili miqdordagi suvning plazmaga surilishiga sabab bo‘ladi. Odam va
yuqori darajada taraqqiy etgan hayvonlar qonining osmotik bosimi doimo
bir me’yorda saqlanadi. Buni quyidagi tajribalarda isbotlash mumkin.
Otning tanasiga natriy sulfatning 5% li eritmasidan 7 litr yuborilsa,
qonning osmotik bosimi ikki marotaba ortib ketishi ko‘zda tutilsada, 10
daqiqadan keyin uning normaga yaqinlashganligini, ikki soatdan so‘ng esa
butunlay normallashib qolganini kuzatish mumkin.
Bu
vaqtga
organizmga
kiritilgan
tuz
eritmasi
chiqaruv
organ!ari(ichaklar, buyraklar, teri bezlari) orqali tezda tashqariga chiqarib
yuboriladi. Demak, osmotik bosim buyrak, teri bezlari va ovqat hazm
tizimining faoliyati natijasida bir me’yorda saqlanib turiladi.
Osmotik
bosim ko'rsatkichi nisbiy bo‘lib, organizmda kechayotgan moddalar
almashinuvi natijasida hosil bo‘ladigan moddalar ta’sirida juda oz vaqt
davomida kichik chegarada o‘zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: