LEYKOTSITLAR - OQ QON TANACHALAR1
B u la r r a n g s iz e r i t r o t s i t l a r g a n is b a ta n k a tta r o q ( d ia m e tr i 5 -2 0
m i k r o n g a te n g ) , h u j a y r a l a r b o ‘ lib , y a d r o v a p r o to p la z m a s i b o r.
Q o n d a l e y k o t s i t l a r e r i t r o t s i t l a r g a n is b a ta n k a m r o q b o ‘ la d i. U la r
1 m m 3 h a jm d a g i q o n d a b ir n e c h a m in g d o n a g a y e ta d i, b u n i q u y id a g i
j a d v a l d a k o ‘r s a b o ‘la d i:
8 -jad v al.
O d a m va h a y v o n la m in g 1 m m ’ q o n id a g i le y k o tsitla r so n i (m in g
liso b id a )
t/r
Jo n z o tla r
o ‘rta c h a
o ‘zg a rish
ch e g a ra si
1.
O d a m
4,5
4 ,0 -5 ,0
2.
O t
9,0
7 .0 - 1 2 ,0
3.
Q o ra m o l
7,0
4 , 5 - 1 2 , 0
4.
Q°‘y
8,0
6 , 0 - 1 4 ,0
5.
E ch k i
12,0
CD
T
о
00
6.
It
9,5
8, 5 - 10,5
L e y k o ts itla m in g o rg a n iz m d a g i a so siy v a z ifala ri:
1.
F a g o tsito z ,
y a ’ni
y o t
m o d d a la rn i,
tu rli
z a h a rla rn i
va
m ik ro o rg a n iz m la m i y eb y e m irish (h a z m q ilish ).
2. T u rli k a sa llik la rg a q a rsh i a n tita n a c h a la r ish la b ch iq arish .
3. O q sil ta b ia tli to k sin la m i p a rc h a la sh v a c h iq a rib tash lash .
4. B io lo g ik fa o l m o d d a la r a jrata d i.
5 -rasm . T e rid a y a llig Lla n ish ja ra y o n in in g p a y d o b o ‘lishi v a
le y k o sitla m in g h im o y a la n u v c h i a h a m iy a ti.
1 -b a k te riy a la r, 2 -tik o n , 3 - te r i, 4 - le y k o s it, 5 - q o n to m irla ri, 6 - a s a b
57
Oq qon tanachalari organizmda bo‘lib turadigan fiziologik
jarayonlarning o ‘zgarishiga juda sezgir hujayralardir. Shuning uchun, ham
leykotsitlaming soni organizmning turli holatlarida tez o ‘zgarib turadi.
Organizmda leykotsitlar miqdorininig ko‘payishi leykotsitoz, kamayishi
esa leykopeniya deyiladi. Leykotsitoz hodisasi organizm fiziologik
holatlarining turli xildagi o‘zgarishlari natijasida va turli kasalliklar
paytida kuzatiladi. Masalan, odam va hayvonlar oziqlangandan keyin
qonida leykotsitlar miqdori ko‘payadi, shuningdek, hayvonning bo‘g‘ozlik
davrida kuchli jismoniy ish bajarayotganida, dori ichganida va
boshqalarda. Bular fiziologik leykotsitozlardir. Chunki bu paytlarda
kuzatiladigan leykotsitoz vaqtinchalik hoi bo‘lib organizm uchun qonuniy
normal hodisadir. Biroq, bir qancha patologik jarayonlarda, xususan,
yallig‘lanish, jarohatlanishlarda organizmning patologik jarayonlarga
qarshi javob reaksiyasi tarzida qonda leykotsitlar sonining ko‘payib ketishi
m a’lum. Leykotsitlar amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga egadirlar.
Ular kapillyar qon tomirlarining devori orqali to‘qima oralig'iga harakat
qilib chiqishlari mumkin. Bunday oq qon hujayralariga sayor hujayralar
deyiladi va bu holat-diapedez deb yuritiladi. Leykotsitlar bir necha xillarga
bo‘linadi. Ular avvalo o ‘z protoplazmalarida turli donachalami saqlash
yoki saqlamasligiga qarab donador leykotsitlar - granolotsitlarga va
donasiz - agranulotsitlarga bo‘linadi. Donador leykotsitlar granulotsitlar
o ‘zlarining tuzilishi va bo‘yoqlar bilan bo‘yalishiga qarab
3 xilga -
Bazofil leykotsitlarga (ishqoriy bo'yoqlar bilan bo‘yaluvchilarga);
eozinofillarga
(kislotali
bo‘yoqlar
bilan
bo‘yaluvchilarga);
va
neytrofillarga (ishqoriy va kislotali bo‘yoqlar bilan ham bo‘yaluvchilarga)
bo‘linadi (
6
-rasmga qarang).
6-rasm. Qonning mikroskop ostida ko‘rinishi(rasmi):
1—trombostitlar, 2-eritrostitlar, 3-miolastitlar va yosh hujayralar, 4—bazofillar,
5-ozofillar, 6-tayoqchayadrolilar, 7-segmintyadrolilar, 8-9 limfotsit,
58
7-rasm. Qonni tindirish bosqichi.
1-vena tomirlaridan endigina olib probirkaga quyilgan qon; 2 -b ir oz probirkada
turgan qon; 3-sentri-fugalangandan so‘ng ikki qismga ajralgan qon (yuqoridagi
rangsiz qismi qon zardobi —plazmasi, pastki quyuq qismi-qonning shaklli
elementlari bor qismi)
Bazofillar diametri 11-17 mikronga teng dumaloq hujayralardir.
Otlarda eng katta, qo‘ylarda eng kichik bo‘ladi. Protoplazmasida nisbatan
yirik donachalar bor. Asosli b o ‘yoqlar bilan bo‘yalganda donachalari
qaramtir - binafsha, yadrosi esa to ‘q binafsha rangga kiradi. Har xil
turdagi hayvonlar bazofillarining yadrosi turli shaklda bo‘ladi. Jumladan,
ot va cho‘chqa bazofillarining yadrosi to ‘yoqcha yoki nok shaklini
eslatadi, odatda segmentlashgan bo‘ladi. Turli hayvonlar qonida
leykotsitlarning 0,1 -0,4% ini tashkil qiladi. Bazofil donachalaming
tarkibida qon ivishiga to'sqinlik qiluvchi geparin degan modda bor.
Bazofillar turli yallig‘lanish jarayonlarining qaytish paytida ro‘y beradigan
so'rilish va bitish hodisalarida m a’lum ahamiyatga ega deb faraz qilinadi.
Eozinofillar - dumaloq shakldagi hujayralar bo‘lib, diametri 8-12,
otlarda esa 14-22 mikron keladi. Protoplazmasida yirik donachalari bor.
Yadrosi bargsimon odatda segmentlashgan (bo‘g ‘im - bo‘g ‘imga
bo ‘lingan) bo‘ladi. Segmentlashgan yadro ikkita, ayrim hollarda uphta-
to ‘rtta b o ‘g ‘imdan tashkil topadi. Barcha kislotali bo‘yoqlar bilan
protoplazmasi och-ko‘kish rangga, donachalari qizg‘ich-sariq rangga,
yadrosi esa qo‘ng‘ir-binafsha rangga bo ‘yaladi. Turli hayvonlaming
qonida eozinofillar leykotsitlarning 2-12% ni tashkil qiladi. Bular oqsil
tabiatli toksinlami, organizm uchun yot oqsillami parchalashda,
zararsizlantirishda ishtirok etadi.
Neytrofillar - neytral bo ‘yoqlar bilan bo‘yaladigan, diametri 9,5
14,5 mikron keladigan dumaloq hujayralardir. Yoshiga, yadrosining
shakli va bo‘yalishiga qarab to ‘rt sinfga bo'linadi:
59
a) Mielotsitlar - eng yosh neytrofil hujayralar bo‘lib, odatda qonda
turli kasalliklar paytida uchraydi. Chunki juda yosh hujayralar b o ‘lgani
uchun normada periferik qonda bo'lmaydi. Yadrosi yirik, dumaloq, ayrim
hollarda esa shaklan loviyaga o‘xshaydi, binafsha rangga bo‘yaladi.
Protoplazmasida och qizil, och ko‘k yoki tutun rangga bo‘yalib, mayda,
qizg‘ich-sariq yoki qizg‘ich-binafsha donachalami saqlaydi.
b) Yosh hujayralar - hali etilmagan hujayralardir. Yadrosi binafsha
rangga bo‘yaladi va ikki tomoni yugo‘nlashgan bo‘ladi. Qonda 0,5-1,0%
atrofida uchraydi.
c) Tayoqcha yadroli hujayralar - yadrosi tayoqcha yarim oysimon,
taqa shaklida bo‘ladi, ayrim hollarda shakli S harfini eslatadi; qaramtir-
binafsha rangga bo‘yaladi. Protoplazmasi och-qizil rangga bo‘yalib,
mayda qizg‘ich-binafsha donachalami saqlaydi. Qonda 3-10% atrofida
b o ‘ladi.
d) Segment yadroli hujayralar - yadrosi rang jihatidan to‘yoqcha
yadroli hujayralar yadrosi rangiga o ‘xshaydi, segmentlashgan bo'ladi.
Turli hayvonlar qonida 18-60% atrofida uchraydi. Neytrofillar eng faol
fagotsitlar bo‘lib bakteriyalami, mikroorganizmlami yeb yemirish,
antitanachalar ishlash va organizm uchun keraksiz moddalami parchalash
vazifalarini bajaradi. Donasiz leykotsitlar (agranulotsitlar), oz navbatida,
ikkiga:
Limfotsitlar - dumaloq kattaligi 4-26mk. gacha boradigan
hujayralardir. Yadrosi yumaloq, ayrim hollarda tayoqchasimon bo‘ladi,
qaramtir-binafsha rangga bo‘yaladi. Protoplazmasi havorangda bo‘ladi.
Limfotsitlaming eng xarakterli belgisi yadrosi bilan protoplazmasi
orasida bo‘yalmagan oq zona - perinuklear zona mavjudligidir.
Diametrining katta-kichikligiga qarab katta, o ‘rta va kichik limfotsitlar
farq qilinadi. Limfotsitlar qonda 20-65% atrofida bo‘ladi. Bu hujayralar
qonning eng plastik hujayralaridir. Ular monotsitlarga, makrofaglarga va
gistiotsitlarga aylana oladi. Limfotsitlar yallig‘lanishdan keyingina
tiklanish jarayonida ishtirok etadi. Monotsitlar yirik hujayralar bo‘lib,
diametri 12-20mk.ga teng. Yadrosi odatda protoplazmasining chetida
joylashadi, shakli o ‘zgaruvchan (dumaloq, oval, buyraksimon, taqasi-
mon), ayrim hollarda segmentlashgan bo‘ladi. Protoplazmasi ko‘kish-kul,
tutun rangga, yadrosi och binafsha rangga bo'yaladi. Qonda 1-7%
atrofida bo‘ladi. Leykotsitlar turli xillarining bir-biriga foiz hisobida
olingan nisbati leykotsitar formula deyiladi.
Leykotsitar formulani tibbiyot va veterinariya amaliyotida aniqlash
juda katta ahamiyatga ega. Turli hayvonlarda leykotsitlar turli turlarining
60
o ‘zaro foiz nisbati turlicha bo‘lgani holda bir turga mansub
hayvonlaming
leykotsitar
formulasi bir
qadar turg‘un
bo‘ladi.
Organizmdagi hayot jarayonlari o ‘zgarganida leykotsitar formula ham
o ‘zgarib qoladi.
Shuning uchun leykotsitar formulasini aniqlab
organizmda kechayotgan jarayonlaming o ‘zgarishi to ‘g ‘risida fikr
yuritish mumkin.
9-jadval.
Odam va hayvonlar qonining leykotsitar formulasi:% hisobioda.
Dostları ilə paylaş: |